Толковый словарь
kulmoq
кулмоқ
Значения
- Yuz, koʻz harakatlari yoki turlicha tovush (tovushlar) bilan xursand-ligini, zavq-shavqini ifodalamoq, kul-gi ifodalamoq.
- Kulgi bilan masxaralamoq, mazax qil-moq.
- Baxti kulmoq Baxt-omadi yurishmoq, baxtli boʻlmoq.
Примеры
- Xoxolab kulmoq. Qahqaha urib kulmoq. Piq etib kulmoq. Hiringlab kulmoq. Muloyim kulmoq. Miyigʻida kulmoq. m
- Oldin Kamoliddin maxdum, unga ergashib Asad qori hi-hilab kuldi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Avaz, Feruz shaʼniga aytgan bir baytini eslab, murtida kuldi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Hafiz Mirzamuhamedovichning kulib turgan chehrasi jiddiylashdi. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Hamon kulib turgan koʻzlari bilan uni boshdan-oyoq kuzatib chiq-di. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Oyi, siz sezasizmi, boynikida orqam-dan kulishadi, gapirishadi, piching, kesatiq-mesatiq.. man yaqinlashsam, jim boʻlishadi [dedi Gulnor]. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qandoq boraman.. kulmaydimi hamma. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Kulsa ku-laversin, bari bir oʻz fikrimda qolaman. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati.
- Mingboshiga tegmagani bilan Zebixonning baxti kularmidi? — Choʻlpon — Kecha va kunduz. Ichida kulmoq Hech qanday tashqi ifodasiz kulish holatida boʻlmoq.
- Qoʻchqor uning xayolidagi oʻylarini biladi va ichida kuladi. — O. Yoqubov — Er boshiga ish tushsa.
- -Ishqilib, uyida boʻlmasin-da, — deydi umid bilan, soʻng oʻzining soddaligi-dan ichida kuladi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik. Ustidan kulmoq Masxarali munosabatda boʻlmoq, mazax bilan kulmoq.
- Men doʻzaxdan choʻchimasman, ustimdan kulma. Men chidar-man, ammo qayda haqiqat, imon? — A. Ori-pov — Jannatga yoʻl.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0