Толковый словарь
kun
кун
Значения
- Quyosh, oftob.
- Sutkaning quyosh chiqqandan quyosh bot-gungacha boʻlgan qismi.
- Bir kecha-kunduzga — 24 soatga teng vaqt; sutka.
- Oy yoki haftaning maʼlum bir kalendar sanasi; maʼlum bir hodisaga bagʻish-langan kun, sana.
- (koʻpl. shaklida) Kunlar bilan belgi-lanuvchi vaqt, payt, kez, davr.
- Ob-havo, ob-havo sharoiti.
- Ayrim soʻzlar bilan qoʻllanib, ahvol, sharoit maʼnosini bildiradi.
- Bir kun(i) Oʻtgan yoki kelgusi kunlar-ning birida.
- Majlis muhokamasiga qoʻyiladigan masa-lalar tarkibi va tartibi. Kundan-kun(ga) Borgan sari, kun sayin.
Примеры
- Kun tepadan tigʻ urayotganda, mashina obodgina bir qishloqqa kirib keldi. — S. Ahmad — Ufq.
- Mana, kun ham terak boʻyi koʻtarilib qoldi. S. — Yunusov — Kutilmagan xazina.
- Nuktadon Mutribdar-hol hovlisining kichikligidan kun tushmas-ligiga ishora qilib, payrov bilan javob berdi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Hasanali kunlarini tomoqsiz, tunlarini uyqusiz kechira boshladi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Boʻlmasa, men qaytay, kun ham kech boʻlyapti. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Bir yil — 365 kun. m
- Uch-toʻrt kungacha Avaz mozoristondan chiqmadi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Oʻshandan uch-toʻrt kun oʻtgach, yangi gap chiqib qoldi. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Bu chiroq singilchamning qoʻlidagi ruxsatno-ma desam ham boʻladi — roppa-rosa yigirma kunga berilgan. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovun-lar mamlakati.
- Shanba kuni siz keling, yakshanba kuni men boray. Haysi kunlarda uyda boʻlasiz? -Chorshanba, juma kunlari. Quruv-chilar kuni. yash Qadimiy va hamisha navqiron Samarkand shahrida qishloq mehnatkashla-ri uchun anʼanaviy teatr kunlari boshlandi. — Gazetadan.
- Bolalik kun-larimda, Uyqusiz tunlarimda Koʻp ertak eshitgandim. — H. Olimjon.
- Erkin kunlar ke-lur, istiqbolimiz yorqin, toleimiz baland boʻlur, albatta. — Oybek — Nur qidirib.
- Mayning oʻrtalari boʻlsa-da, kun issiq edi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Noyabr oʻrtalab, kunlar sovigan edi. — S. Ahmad — Yulduz.
- Javzo kirdi. Kunlar isib, arpa pishdi. — K. Yashin — Hamza.
- Boshingizga ogʻir kun tushdi.. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Tur-sunoyning kuniga uchrab, yosh joningizga jabr qilmang, deyman. — H. Nosirova — Men oʻzbek qiziman.
- Shomurod dodxohning kunini me-ning boshimga solarding, odamxoʻr qotil! — K. Yashin — Hamza.
- Bir kuni u ikkita kino bile-ti koʻtarib keldi. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Siz-ku, ota, bir kuni borib, jo-ningizni yaratganga topshirib, bu azoblar-dan qutulib ketasiz. — K. Yashin — Hamza. Bir kun emas, bir kun Qachondir bir kun, vak,-ti kelib.
- Xudo haqqi, bir kunmas, bir kun choʻmich bilan tushirib qolaman-da! — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol. Birisi kun(i) Ertadan keyingi kun, indin(ga).
- Birisi kuni, namozi asrga azon aytilgan vaqtda seni Qoʻydarvoza yonida kutaman. — S. Siyoyev — Yorugʻlik. Bu kuningdan.. Bu ahvolingdan koʻra.. bundan koʻra.
- Oʻl, ahmoq/ Bu kuningdan oʻlib qoʻya qolganing yaxshi.. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol. Ish kuni Ish, xizmat uchun bel-giLangan maʼlum muddatli vaqt.
- Ish kuni tugadi. — Kun bermaslik Oʻz holicha ishlash — yashashga qoʻymaslik, chiqishtirmaslik.
- ..ik-kovingni mutaassiblar sazoyi qilishadi, kim koʻrsa, dakki beradi, bir soʻz bilan aytganda, sizlarga kun berishmaydi. — K. Yashin — Hamza. Kun yoʻq Kun bermaslik, tinch qoʻymaslik-ni bildiradi.
- Bu yerda yalangoyoqlar, boshke-sarlar, oʻgʻrilarning dastidan hech kimga kun yoʻq! — Choʻlpon — Kecha va kunduz. Kun kechirmoq (yoki koʻrmoq, oʻtkazmoq). Yashamoq, hayot ke-chirmoq, tirikchilik qilmoq.
- ..asrlar davo-mida qaram boʻlib kun kechirishga mahkum etib kelingan xotin-qizlar.. — K. Yashin — Hamza.
- ..qachongacha xor-zor yashaymiz, qachongacha och-ya/tngʻoch kun koʻramiz. — K. Yashin — Hamza.
- Ular [chol va kampir] ovchilik bilan kun oʻtkazar ekanlar. — "Chalpak yoqqan kun". Kun tartibi
- Bemor kundan-kun-ga beri qaramay boshladi. Kundan-kun (ga) ishlar yaxshshtnib bormoqda. — Kuni bitmoq 1) oʻlim vaqti yetmoq.
- Goʻdakning rizqi tugab, kuni bitgan. Taqdiri azalda bitilgani shunr day boʻlgach, na chora! — K. Yashin — Hamza; 2) ish-amal imkoniyati tugamoq.
- Boʻlmasa, unga keyin tushuntirib qoʻyarsiz. Gap shunday: u xoʻjayinlariga kunlari bitganini yetkazsin. Qancha tezroq yoʻqolishsa, oʻzlariga shuncha yaxshi boʻladi. — K. Yashin — Hamza. Kun(i) tugʻdi q. tugʻmoq.
- -Endi sening ham kuning tugʻdi. Odam boʻl! — dedi Davlatyor va mollarni qaytara boiiadi. — P. Tursun — Oʻqituvchi. Ku-nini koʻrsatmoq Juda qattiq yomonlik, jabr-zulm qilmoq (shu haqdagi doʻq-poʻpi-sani bildiradi).
- Kuningni koʻrsatibqoʻyaman. yaya ..otangga aytib beraman, kuningni koʻrsa-tadi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik. Mehnat kuni q. mehnat. Oy chiqsa ham unga, kun chiqsa ham unga kest. Hamma narsa, diqqat-eʼtibor unga (Kimsaning erka-arzandasi boʻlib qolgan kishiga nisbatan aytiladi). Tunov kuni Yaqin oʻtgan kunlarning birida.
- Tu nov kuni koʻrgan edim. m
- Tagida tutun burqsa-yotgan bak oldida tunov kuni mirshablarning kichigi.. — S. Ahmad — Ufq. Tunu kun q. tun-kun. Oʻlgan(i)ning kunidan q. oʻlmoq. Qaysi kuni ayn. tunov kuni.
- Oxirgi soʻzlarni oʻqir ekan, Gyavhar maʼyus boʻlib qoldi. Qaysi kuni mar-kazdan kelgan vrach Hanifa xolaning kasali rak ekani, sanoqli kunlari qolganini ayt-gan edi. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol. Qulogʻidan kun koʻrinadi Juda ozib ketgan.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0