Толковый словарь
mahram
маҳрам
Значения
- . Buxoro va Xiva xonligida: saroy amaldorlarining yozishma ishlarini boshqargan lavozimli kishi va uning mansabi.
- . Ishonchli xizmatkor, choʻri.
- . Sirdosh doʻst, hamdam.
- . Shariatga koʻra, ayol kishi yuzi ochiq holda koʻrishishi mumkin boʻlgan, ammo nikoh noravo boʻlgan yaqin erkak qarindosh (ayolning otasi, oʻgʻillari, aka-uka, amaki, buva, togʻa, qaynotasi); nomahram.
- . Man qilingan, taqiqlangan; boshqalardan sir tutiladigan, maxfiy; nojoiz.
- . bachcha.
Примеры
- Karvonboshi amir haqiga uzun duo qilgandan keyin yonini ochib, mahramga yigirma tanga xizmatona.. berdi. — S. Ayniy — Qullar.
- Mahramlar piyolalarda may keltiradilar. — "Yoshlik".
- Hasanali.. Otabekka mahram boʻlishga loyiq bir mehribonlikka ega boʻlganlikdan bek bilan ochiq soʻzlashish fikriga keldi. — A. Qodiriy. Oʻtgan kunlar.
- Eng yaqin oʻrtogʻi.. Zebixon boʻlib qoldi. Ikkalasi sirdosh, mahram. — Choʻlpon — Kecha va kunduz.
- Keling endi, birpas totuv boʻlib, mahram gaplardan gapirishib, koʻngildagi kuduratlarni yozaylik. — Hamza — Boy ila xizmatchi.
- Avval uni [Mamaraimni] mullavachchalar sudradi, keyin imonsiz mudarris oʻziga mahram qilib oldi. — M. Ismoiliy — Fargʻona t. o.
Этимология
arab. – man, harom qilingan; haramga kirish xuquqi bor
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0