Толковый словарь
mahsul
маҳсул
Значения
- Ish, faoliyat, mehnat samarasi, mevasi.
- ayn. mahsulot.
- Hosil, unum.
- Biror narsadan yuzaga kelgan narsa; natija.
Примеры
- Ijodiy mehnatning mahsuli. U koʻtarinki kayfiyatda edi, kechagi, bugungi ish mahsulidan xursand. — M.Xayrullayev — Koʻngil.
- Ogʻir sanoat mahsuli.
- Paxta bizning gʻalabamizni belgilab beruvchi asosiy mahsulimizdir. — Gazetadan.
- Yer ham tirik jon. Insondek nafas oladi, oziqlanadi, nihoyat, mahsul beradi. — S.Karomatov — Soʻnggi barxan.
- Dehqon osmonga qarab, yaxshi havodan quvonsa, yerga qarab, moʻl mahsulidan suyunadi. — M.Ismoiliy — Fargʻona t.
- Yigitalining rangiga bir oz zahillik uribdi. Bu muttasil davom etib kelayotgan uyqusizlik, adadsiz iztiroblarning mahsuli, albatta. — D.Nuriy — Osmon ustuni.
- Xulosa shu: ehtiros yoʻq, bu ezmalik, beparvolik mahsuli. — "Mushtum".
Этимология
[ arab. - yigʻib-terilgan hosil, meva; samara; natija, unum ]
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0