Толковый словарь
mantiq
мантиқ
Значения
- Toʻgʻri tafakkur yuritishning asosiy qonunlari va shakllari haqidagi fan.
- Gap, fikr, harakat va shu kabilarning aqlga monandligi, asosliligi.
- Ichki qonuniylik, qonuniyat.
Примеры
- Nasriddin Tusiy.. jabr, tib va mantiq nazariyasi bilimlarining boshqa soha siri boʻyicha ham koʻpgina kitoblar yozgan. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Xotinining bu gapi Boʻtaboy akaning jon-jonidan oʻtib ketdi, lekin bundagi kuchli mantiq tilini bogʻladi-yu, hech narsa deyolmadi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor.
- Studentlar ham qiziqda. Bir-birlariga hech aqlga sigʻmaydigan, mantiqqa toʻgʻri kelmaydigan laqablar qoʻyishadi. — F. Musajonov — Himmat.
- Nedir, nedir hayot mantiqi? Oʻsish, qarish qonuni nega? — M. Shayxzoda.
- Mantiq talabi shu erur, shohim. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
Этимология
arab. – nutq, til; soʻzlash; logika
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0