Толковый словарь
maslahat
маслаҳат
Значения
- . Biror ishni qanday qilish yoki umuman nima qilish kerakligi haqida yoʻl-yoʻriq tarzidagi fikr, mulohaza.
- . Tavsiya, taklif tarzidagi ran.
- . Kengash, fikr olishish.
- Maslahat koʻrmoq Biror fikr-mulohazani maʼqul topmoq va tavsiya etmoq.
- Maslahat oshi Toʻy yoki boshqa marosimni oʻtkazish oldidan mahalladagi oqsoqollar, qoʻni-qoʻshni va qarindosh-urugʻlar uchun yigʻin oʻtkazib beriladigan osh.
- Maslahat solmoq Maslahat tarzida oʻz-fikr mulohazasini aytmoq, oʻrtaga tashlamoq; kengashmoq.
- Maslahat qilmoq, Maslahatlashmoq.
- Maslahatni bir yerga qoʻymoq Maslahatlashib, bir fikrga kelmoq.
Примеры
- Yaxshi maslahat. Maslahat bermoq (qilmoq). Mas-lahat soʻramoq (qilmoq). n Mening fikrim-cha, chigit ekishda hosilot otaning maslaha-tiga koʻnish kerak edi. R. Fayziy, Choʻlga ba-hor keldi.
- Bu maslahat Sidiqjonga ham maʼqul tushdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Umid.. akademik Otaboyev hovlisiga ham bir necha bor borib, oʻz ishiga doir maslahat-lar oldi. — Mirmuhsin — Umid.
- Ganga quloq soling, sizga maslahatim — boʻlar-boʻlmasga kuyib-pishavermang. — S. Siyoyev — Yorugʻ-lik.
- Sizga mening maslahatim — Andijonda koʻp turmang. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Maslahat bilan boʻlgan ish buzilmas. — Maqol. m
- Yakshanba kuni qarindosh-urugʻlar maslahatga toʻpla-nishdi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Mohidil maslahat yigʻinida baʼzilarning Hoshimjondan norozi boʻlganini koʻz oldiga keltirdi. — J. Abdulla-xonov — Toʻfon.
- Bundoq maslahat majlisla-rini ham uyushtirish oʻz vazifasi.. deb oʻylar-di. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- "..xon bu ishni maslahat koʻrsalar, biz yordamga hozirmiz" degan quruq vaʼda bilan javob maktubi olingan edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Siz ustozga yana biron shikast yetmasligini oʻylab, Xurosondan chiqib ketishingizni maslahat koʻramiz. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Maslahat oshidan keyin eng katta va muhim ish toʻy emas, yangi uyga koʻchib kirish boʻlib qoldi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Keksa usta oʻgʻillarini toʻplab, maslahat soldi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Oyimga xarxasha qilavergan edim, oyim buvimga maslahat soldi. — H. Nazir — Yonar daryo.
- Ammo olti ovsin har kuni pichirlashib, nimanidir maslahat qilishardi. — S. Ahmad — Kelinlar qoʻzgʻoloni.
- Qurbon ota.. oʻz tengqurlarini yigʻib, ishni qachon va qanday boshlash toʻgʻrisida maslahat qildi. A. — A. Qaxqor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Ona-bola tuni bilan hasratlashib, oxiri maslahatni bir yerga qoʻyadilar. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
Этимология
arab. – umum manfaati; foyda
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0