Толковый словарь
mijoz
мижоз
Значения
- . Sotuvchiga nisbatan doimiy xaridor va shu xaridorga nisbatan sotuvchi.
- . Biror ish-yumush bilan doim aloqada boʻlgan shaxs.
- . Mizoj.
Примеры
- Mijozingdan ayrilging kelsa, nasiyaga mol ber. — Maqol.
- U [sizga] har kun ertalab qaymoq olib keladigan mijoz edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Oʻsha kitobda "Rohat" choyxonasi mijozlarining gʻalati hazil-mutoyibalari, ichak uzdi latifalariyu tagdor qochiriqlarini qalamga olgan edim. — "Mushtum".
- Mullajon aka ixlos bilan soqol qirar ekanlar, mijozga tushuntira ketdilar. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Kenja bu antiqa mijoz odamni oʻziga yaqin koʻrib qoldi. — H. Nazir — Mayoq sari.
- Palov meʼdamga mixdek qadaladi, qazi-qarta mijozimga toʻgʻri kelmaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar..
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0