Толковый словарь
mulla
мулла
Значения
- Oʻrta Sharq, Markaziy Osiyo mamlakatlarida Madrasa taʼlimini olgan shaxs.
- Din arbobi, ulamo.
- s. t. esk. Maʼlumotli, oʻqimishli kishi.
- Mulla boʻlmoq 1) oʻqib, maʼlumotli boʻlmoq, oʻqimishli boʻlmoq.
- Hurmat yuzasidan murojaatda, gaplashganda, kishining ismiga qoʻshib aytiladi.
- Mulla jiring, mullajiring Pul.
- Mulla mingan eshakday dagʻl. Oʻta yuvosh.
Примеры
- Madrasani tugatgach, oshiqlar yor vasliga oshiqqandek, mulla Abdurahmon ham oʻz shahriga yelib-yugurib yetdi. — A.Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Mullaning aytganini qil, qilganini qilma. — Maqol.
- Choʻrilikni mullalar senga qildilar taqrir [qaror]. — Hamza.
- Buxoro shahrida Mirarab madrasasining miyon saroyida koʻp mullalar toʻplanishib, madrasaning vaqfi toʻgʻrisida gapirishmoqda edilar. — S.Ayniy — Qullar.
- Aytaylik, mening xizmatkorim mulla boʻldi-yu, omi boʻldi — menga bari bir emasmi? — K.Yashin — Hamza.
- Ha, mulla, charchamasdan, siqilmasdan yuribsanmi? Muncha ozib ketibsan? — dedi qori [Elmurodga]. — P.Tursun — Oʻqituvchi.
- U oʻqib, mulla boʻlib, biror shaharni olib berarmidi menga! — K.Yashin — Hamza 2) taʼzirini yeb, koʻzi ochilmoq.
- Qamoqdan jindak boʻlsa ham mulla boʻlib qaytganligim shu lahzada kuchini koʻrsatdi. — X.Lutfullayev — Baxti kulgan yigit. Mulla qilmoq 1) Madrasa maʼlumotini bermoq.
- Xoʻp, qizim, xoʻp, pochchasi boqmasa boqmasin, men oʻzim boqaman, oʻqitib, katta mulla qilaman, — dedi Mohlar oyim. — A.Qodiriy — Mehrobdan chayon. 2) savodini chiqarmoq, maʼlumotli qilmoq; 3) taʼzirini bermoq.
- Mavlon Musayevich oʻrnidan turdi. Uzicha Zumradni bir mulla qilib qoʻymoqchi boʻldi. — S.Siyoyev — Otliq ayol.
- Dunyoning ishi shunaqa ekan, mulla Ali! — deb uni yupatib qoʻydi [Otabek]. — A.Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Loaqal bir kaft tuproq tashlasangizchi, mulla yigit! — Oʻ.Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Senga oʻxshash, menga oʻxshash moyjuvozi borlar soliq toʻlamay qoʻysa, sovetning hamyoniga mulla jiring qayoqdan tushadi? — P.Tursun — Oʻqituvchi.
- Aziza ham eri bir kunmas-bir kun mulla mingan eshakday, yuvosh tortib kelishini kutib yurdi. — Oʻ.Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Qamoqda ezilsa, mulla mingan eshakday.. bir kunmas-bir kun balki chiqib kelar.. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Этимология
[ arab. - oʻqimishli, taqvodor odam ]
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0