Толковый словарь
muvaffaqiyat
муваффақият
Значения
- Biror ishda erishilgan natija, yaxshi natija; yutuq, gʻalaba.
- Muvaffaqiyatli. Muvaffaqiyat bilan tugagan, muvaffaqiyat keltirgan, ijobiy natijaga olib kelgan; natijali.
Примеры
- Muvaffaqiyat qozonmoq. Muvaffaqiyatga erishmoq.
- Parpixoʻja yogʻchi poyloqchilik, chaqimchilik ishining mu-vaffaqiyatidan gʻururlanib.. soʻzlab borarkan, ellikboshi uni toʻxtatdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Dushman qanchalik gangitilsa, uning oʻt ochish nuqtalari qanchalik yemirib tashlansa, hujumning muvaffaqiyati shun-chamuqarrar boʻladi. — Abdulla Qahhor — Oltin yulduz.
- Latofat kandidatlik dissertatsiyasini muvaffaqiyat bilan yoqlab oldi. — L. Tojiyeva — Mehrim sizga, odamlar.
- Muvaffaqiyatli harakat. Muvaffaqiyatli ish. Muvaffaqiyatli hujum. v
- Respublikamiz matbuotida fan yutuqlarini targʻib qilish borasida muvaffaqiyatli kalam tebratib kelayotgan tajribali jurnalistlarimiz bor. — Fan va turmush.
Этимология
— yaxshi natija, erishilgan narsa; yutuq, omad.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0