Толковый словарь
nafas
нафас
Значения
- Uzluksiz biologik jarayon, yaʼni oʻpkaga olinadigan va undan chiqariladigan havo; dam, tin.
- Nafas yoʻllari Odam va hayvonlarda havo oʻtkazadigan aʼzolar. Nafas chiqarmas-lik yoki nafasini oʻchirmoq Jim oʻtirmoq, gapirmay oʻtirish.
- .
- koʻchma s. t. Boʻlajak ish haqida ogʻizdan chiqqan ran, izhor qilingan niyat. Yomon
- nafas. v
- Nafasing oʻzingga ursin Yomon niyat qil-gan, sovuq xabar keltirgan kishiga nisba-tan aytiladigan ibora.
- Juda qisqa vaqt; lahza, on.
- etn. Duoxon, azayimxon va sh. k. solgan dam kuchi.
- Oʻtkir nafas(li) Kuchli duoxonga nis-batan aytiladi.
- Hid, is.
- Harorat, ob-havo.
Примеры
- Soʻnggi nafas. Ogʻir nafas olmoq. Yana yurak oʻynab, nafas boʻgʻizga tiqildi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha -Juda jabr qiladi, -
- dedi Siddiqjon chuqur olgan nafasini gap bilan boʻshatib. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Sovuq shamolda shovullab turgan qamishzor manzarasi ochilishi bilan Botirali muzdek havodan toʻyib-toʻyib nafas oldi-da, toʻqayga kirib ketdi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Shuhujraga qamallaring. Kunduzi nafas chiqarmaysanlar. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- -Nafasingni oʻchir! ..Tuf, tuf! — dedi Buviniso koʻksiga tuflab. — P. Tursun — Oʻqituvchi. Nafasi ichiga tushib ketmoq ayn. dami ichiga tushib ketmoq q. dam
- Oralaringizda anchagina gap oʻtgan ekan. Shuning uchun ham siz u yerga kirib borishin-giz bilan nafaslari ichlariga tushib ket-gan ekan. — P. Tursun — Oʻqituvchi. Nafasi uzil-di Oʻldi.
- Eshon Shayxullo duo oʻqir, bemor kampirning nafasi uzilmay, uyiga yetib olishini xudodan tilardi. — Sh. Toshmatov — Tongdagi koʻlanka. Nafasini rostlamoq q. rostlamoq 2.
- /Xadicha Dadavoyga:/ Nafasingizni sonuu qilmang/ Uygʻun, Navbahor. V.'afa-singizni issiq qiling. — N. Safarov — Hayot maktabi.
- Bir nafas-da. Bir nafasga. Nafas oʻtmay. yash Bulutli, xomush oqshom zulmati nafas sayin quyuq-lashib, bahaybat qop-qora qanotlarini ufqlar ustiga tez yoyib kelmoqda. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Mana, Mehriniso opa biladilar, onam meni bir nafas oldidan qoʻzgʻatgisi kelmaydi. — 3. Said — N. Safarov, Tarixtilga kirdi.
- Uyimizda bir bechora bemor bor, shaytonlab yotibdi, taqsir, borib dam solib keling, shoyad nafasingizdan shifo topsa. — Oybek — Tanlangan asralar.
- Bundanuch oy ilgari, Nurini oʻtkir nafasli domlaga olib borgan kun, tashqari hovlida qorda choʻqqayib idish yuv-gan bu qizga uning koʻzi tasodifan tushgan edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qishi bilan tor uylarda diq-qinafas boʻlgan kishilarning dimogʻiga adir-lardan giyohlarning xushboʻy nafasi kelib uriladi. — S. Ahmad — Hukm.
- Yaqinlashib kelayotgan qishning nafasi tevarak-atrofda kezib yuribdi. — Gazetadan.
Этимология
Q. a * — oʻpkaga olinadigan va chiqariladigan havo
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0