Толковый словарь
narsa
нарса
Значения
- Har qanday moddiy mavjudot; predmet.
- Hayot, tirikchilik uchun zarur har qanday ashyo, buyum, mahsulot.
- Umuman, har qanday hodisa (ran, soʻz, oʻyin, kulgi, ish, voqea, hodisa va sh. k.).
- s. t. Odam va umuman jonli mavjudot yoki ularning sifatini bildiruvchi soʻzlar bilan qoʻllanib, ularning shu soʻzlar ifo-dalagan toifaga mansubligini ifodalaydi.
- Sen yosh narsa, qolaver, men ketay, ertaga azon bilan kolxozga chiqib ketaman. Oydin, Fonar tagida.
- Bir narsa Nimadir, aniq boʻlmagan.
- arzirli narsa emas.
- qiyin emas.
Примеры
- Yoʻldoshning koʻzi komissarning toʻshidagi tangadek qora narsaga tushdi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Xotinning berib ketgan narsasi uch-toʻrt buklangan bir qogʻoz edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Osh — yaxshi narsa. n
- Mana sizda narsa bor ekan, sotibsiz, bizda bir parcha yerdan boshqa koʻzga ilinarli hech narsa yoʻq edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Charos koridorda tes-kari qarab turar, qoʻlida gazetaga oʻralgan patnisga oʻxshash narsa bor edi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Barot polvon dunyoda ikki narsani yaxshi koʻrar edi. Birinchisi — kurash, ikkinchisi — ashula. — M. Ismoiliy — Fargʻonat. o.
- Begim-xon xatni qayta-qayta oʻqidi. Goʻyo xatda hamma narsa yozilgan. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Oʻris amaldorga tegajaklik qilishni unga kim qoʻyibdi? Kambagʻal narsa chorigʻini sudrab, tinch yursa boʻlmasmidi?! — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Kumushbibi xomush edi. Bir narsa toʻgʻrisida oʻylarmidi yoki bosh ogʻrigʻi kuchlimidi, har holda, namozshomgul kabi yopiq edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Bir narsa boʻldimi? Nima qildi? nima boʻldi?
- Sizga bir narsa boʻldimi? — Hech narsa emas.
- Unga qaraganda bu hech narsa emas
- Bu menga hech narsa emas.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0