Толковый словарь
nazariya
назария
Значения
- \a. -taʼlimot; qoida-
- lar majmui; umumlashma fikr| 1 Voqelik qonuniyatlari va undagi muhim aloqalar haqida bir butun tasavvur beradigan bilim shakli.
- Biror fan sohasini yoki uning biror qismini tashkil etuvchi asosiy gʻoyalar, umumlashgan qoidalar majmui.
- Biror sohada hunar olish, malaka orttirish, mahoratni oshirish yoʻlidagi bilim-qoidalar majmui.
- Ilm-fan, sanʼat va b. sohalarning mantiqiy abstrakt fikrlash yoʻli bilan ishlab chiqilgan asoslari.
- Voqea, hodisa va shu kabilarni tushunish-tushuntirishning umumiy prinsiplarini asoslab beruvchi ilmiy qonun-qoidalar majmui.
- Biror narsaga, masalaga boʻlgan umumiy va shaxsiy qarash, nuqtai nazar.
Примеры
- Nazariya hamma vaqt amaliyot bilan uzviy bogʻliq boʻladi va shundagina u harakat va rivojlanishning quroliga aylanadi. — "OʻzME".
- Mashina va mexanizmlar nazariyasi. Oʻrmonchilik nazariyasi.
- Musiqa nazariyasi. Shaxmat nazariyasi. Samolyotni boshqarish nazariyasi.
- Nazariyani amaliy ish bshshn bogʻlash.
- Darvinning turlarning kelib chiqishi haqidagi nazariyasi.
- “Sanʼat sanʼat uchun ” degan behuda nazariya. Uning har bir masalada oʻz nazariyasi bor.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0