Толковый словарь
nomer
номер
Значения
- Bir turdagi predmetlarning ichida har birining tartib raqami.
- Hujjat, roʻyxatga olish va sh.k. belgisi sifatidagi maʼlum raqamlar yozilgan yor-liq, taxtacha.
- Kiyim-kechak, poyabzal va shu kabilarning katta-kichikligini, oʻlchamini bildiruvchi raqam.
- Mehmonxona, hammom va shu kabilarda alo-hida boʻlma, xona.
- Teatr, sirk, konsert va shu kabilarning har bir alohida ijro etiladigan qismi.
- Oltin yulduz.
- harb. Toʻpchilar, pulemyotchilar guruhida maʼlum xizmatni bajaruvchi jangchi.
- Nomeri oʻtmaydi Nayrangi oʻtmaydi, ketmaydi. -Har qanday yoʻl bilan oʻz ishin-gizni bitirish payida boʻlasiz. Endi no-meringiz oʻtmaydi, ogʻayni, ha, bilib qoʻying. Men sizning doʻstingiz emasman, — dedi Pu-riddin. O. Husanov, Doʻstlar.
Примеры
- Uy nomeri. Telefon nomeri. m
- Shukur, el qatori eshigimda nomer qoqilgan. Har qayerda bir yuzu oltmish uchinchi, deb xat tashlasang keladi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Mashina nomeri. Velosiped nomeri. Pasport nomeri.
- Men undan ikki nomer katta etik kiyaman.
- -Mehmonni mehmonxonaga olib bordim. Unga ikki xonali juda yaxshi nomer olib qoʻyilgan ekan, — dedi Meliboy aka. — A. Qahhor — Dumli odamlar. Koʻqonda no-merda bir oʻris injener bilan tanishdim. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Programma nomerini eʼlon qilmoq. yash Konferansye — yoshgina bir mariy yigiti chiqib: -Konsertimizning birinchi nomerida oʻzim mashq qilib beraman, — dedi. A. Qahhor,
- Avdeyev navbatdagi masʼuliyat-li nomerni bajarishga tayyorgarlik koʻrish uchun qoʻshni xonaga kirib ketdi. — "Fan va turmush".
Этимология
lot. numerus - son, raqam
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0