Толковый словарь
nozik
нозик
Значения
- Yuk-sak mahorat va sanʼat bilan juda bejirim qilib ishlangan; nafis, latif.
- Ingichka; yupqa, harir.
- Yupqa, harir.
- Bejirim, latif; xipcha.
- Zaif, nimjon.
- Muloyim, mayin va yoqimli, nazokatli.
- Salga sinadigan, uziladigan, yirti-ladigan; boʻsh, moʻrt.
- Oʻziga xos qiyinchiliklari boʻlgan, alohida mahorat, malaka, bilim talab etadigan.
- Oʻz ishini mayda ikir-chikir-larigacha yaxshi biladigan; usta.
- Alohida ehtiyotkorlik talab etadigan; qaltis.
- Alohida eʼtibor, mulozamat, takalluf talab etadigan, izzattalab.
- Qichiqli; injiq.
- Nozik tabiat (noziktabiat) yoki tabiati nozik Koʻngli har narsani yoqtiravermaydigan, koʻtaravermaydigan; injiq, erka.
- Nozik (xotin-qizlar ismi).
Примеры
- Iskandaro havas va taajjub bilan binolarga, boy ji-hozlarga, ayniqsa, nozik sanʼat buyumlariga, eshik va derazalarga nazar tashlab qoʻyardi. — Oybek — Nur qidirib.
- Nozik ip. n
- Dutorning nozik torlaridan.. chiqqan „Navo“ kuyi oʻz nolasiga tushunguvchi Otabekdek yigitlarga juda muhtoj edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- U gunafsha gulli nozik batis koʻylak kiyib, choyshabni tomogʻigacha tortib, jurnal oʻqib yotardi. — Oydin — Hi-koyalar.
- Momiq pax-talar uning nozik barmoqlariga oʻzi ilashib chiqar, chanoqlar hayratdan ogʻiz ochib, sil-kinib qolardi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga qu-loq sol.
- Iigit mahbubasining nozik qoʻlla-ridan tutib, oʻziga tortardi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Murzin uning parishon sochlarini, nozik boʻyniga yopishgan mayin, jonsizgina soch tolalarini tomosha qilardi. — Shuxrat — Shi-nelli yillar.
- Nozik maysa. m
- Ukamni durustroq joyga oʻrnashtiring, oʻzi nimjon, nozikroq bola., shamollab-netibqolmasin. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Nozik, rang-barang par-vonalar, kapalaklar lampa atrofida ayla-nar.. edilar. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Nozik tabassum. yash "Dilxiroj "
- oʻzining mayda qadami, nozik harakatlari bilan davraga kiribkeldi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Xalq koʻnglini ovlagan, Ulfatda doim. Ovozi jonga yoqar, Nozik, muloyim. — Q. Mu-hammadiy.
- U kuyning sehriga berilib, inti-zor koʻzlarini nozik yumdi, boshini quyi sol-di. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Nozik buyum. ya" Oli-movning qoʻlidagi yuklar hammanikidan ogʻir-roq, nozikroq edi. — H. Nazir — Soʻnmas chaq-mokdar.
- Gʻoʻza sugʻorish — nozik ish. — Oybek — O. v. shabadalar.
- Sekretarning otasi.. nozik gulchi edi. — Oybek — O. v. shabadalar.
- Nozik masala. Nozikpayt. Nozik ahvol. n
- Asrora oʻylab qarasa, koʻngil ishi nozik narsa ekan. — S. Ahmad — Ufq.
- -Keyingi paytda zamon nozik boʻlib qoldi, — afsus bilan bosh chayqardi Oʻsar buxgalter. — A. Koʻchimov — Halqa.
- Boʻlmasa, selpo raisligiday nozik lavozimda oʻn-oʻn besh yil muqim ishlash osonmi?!Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloqsol.
- Nozik mehmon. n
- -Xoʻjayin band, oldilarida nozik odam bor. Majlis qilishyapti, — dedi sekretar. — S. Abduqahhor — Sanamay sakkiz dema.
- Boboqulning koʻzlaridagi nozik kinoya uning izzat-nafsiga xanjardek qadaldi. — Oybek — Navoiy.
- Shu qadar ziq, nozik tabiat boʻlib qolgani uchun Begimxon koʻp dakki eshitdi. — I. Rahim — Chin muhabbat. Koʻngli nozik ayn. nozik tabiat. Nozik did yoki didi nozik Juda ham sezgir, nafosatni teran his qiluvchi; tuygʻun.
- Nozik didli rassomlarni ham hayratda qoldira-digan oynadagi naqsh [Elmurodning] xayolini band etdi. — Shuhrat — Shinelli yillar. Nozik joyi Kamchiligi, aybi.
- Aziza Yodgorning nozik joylarini yaxshi biladi. Shuncha koʻrgi-liklari evaziga eridan qasos olishga ahd qildi. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
Этимология
I f. eSjb — ingichka, yengil; yumshoq, muloyim; moʻrt, boʻsh; nafis
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0