Толковый словарь
ochmoq
очмоқ
Значения
- Yoʻlni toʻsib turgan narsani bir tomonga surib, koʻtarib qoʻyib, kirish yoki chiqishga imkon tugʻdirmoq.
- Olish-qoʻyish yoʻlini, ogʻzini bekitib turgan tiqin, qopqoq, qulf va shu kabilarni koʻ-tarib, surib qoʻymoq, ipini boʻshatmoq, yechmoq yoki olib tashlamoq.
- Oʻralgan, qoplangan, panalangan yoki koʻmilgan narsalarni bekitib, oʻrab, qop-lab turgan narsadan xoli qilmoq, yalan-gʻochlamoq.
- Koʻtarmoq, surmoq yoki olib tashlamoq (parda, niqob va shu kabilarni).
- Toʻsiqni, gʻovni olib tashlamoq, ta-qiqni bekor qilib, oʻtish, yurish uchun im-kon bermoq.
- Biror narsaning harakatiga yoʻl ber-moq, yoʻl qoʻymoq, qoʻyib yubormoq, boʻshat-moq.
- Yozmoq, yoymoq, kermoq (taxlangan, buklangan, yigʻilgan, yumilgan narsalar ha-qida).
- Qurib, solib, bitirib, ishga tushir-moq; rasmiy ravishda ishga tushirmoq.
- Yangi bir narsa yaratmoq; kashf etmoq, topmoq.
- Koʻpchilik ishtirokida biror ishni boshlab bermoq, boshlab yubormoq; ochiq deb eʼlon qilmoq.
- Narsa, voqea, hodisa va shu kabilarning qan-daydir tomonlarini yoritib bayon, oshkor
- qilmoq, anikdamoq.
- Ochiq izhor qilmoq, maʼlum qilmoq, aytmoq.
- Gap ochmoq Gap boshlamoq; biror voqea, hodisa, narsa yoki kishi haqida ran bosh-lamoq. Yuragini (yoki dardini) ochmoq Yurak-dagi qaygʻu-hasratini, orzu-umidlarini, tilak-istagini bildirmoq.
- Fosh qilmoq, hammaga maʼlum qil-moq.
- Paranji tashlatmoq, paranji-siz yurishga imkon yoki ruxsat bermoq.
- Husniga husn qoʻshmoq, goʻzallashtir-moq, koʻrk bermoq.
- Kuchaytirmoq, rivojlantirmoq, oʻs-tirmoq.
- Tuxum bosib, undan joʻja chiqarmoq.
- Amerika ochmoq Allaqachon maʼlum boʻlgan narsalarni yangilik deb eʼlon qil-moq. Biqiningdan (yoki qulogʻingning tagi-dan) darcha ochib qoʻyaymi q. darcha. Ochdi qil-
- moq Kim haq, kim nohaqligini koʻpchilik oʻrtasida hal qilmoq.
Примеры
- Darvozani ochmoq. Derazani ochmoq. Eshikni ochmoq. m
- Oʻgʻillarga tayinlab qoʻygan edim, borib darvozani lang ochishdi. — M. M. Doʻst, Lolazor.
- Chemodanni ochmoq. Shishaning ogʻzini ochmoq. Qopni ochmoq. n
- U [Ahmadjon] eshik yoniga choʻnqayib oʻtirdi-da, miltigʻining zatvorini bir necha marta-ba ochib yopdi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Qori tugunchani ochib, oʻrikdan ikkitasini Si-diqjonga uzatdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chi-rokdari.
- Tok ochmoq. Koʻkrakni ochmoq. n
- [Gulandom] Atlas koʻylakning keng yengini tirsakka qadar shimarib.. goʻzal bilaklari-ni ochib, dutorni chertdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Hamma kulib yubordi, Koʻrpani bir oz ochib qaragan Gulshan ham.. ichi qotib kuldi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Tabib ketdi, Otabek telbalarcha yugurib, Kumush-ning boshiga keldi, yuzini ochib, manglayini bosdi va oʻpdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Pardani ochmoq.
- Yoʻlni ochmoq. Chegarani ochmoq. m
- Mirvali, Jayrona qochib ketgandan keyin, yoʻlni portlatib, boshqa tomondan yoʻl ochgan edi. — S. Ahmad — Jimjitlik.
- Gazni ochmoq. Joʻmrakni ochmoq. am Yana kechagidek suvni ochib, oʻzi urib ketdi, deb oʻltiradigan boʻlsang, sen mendan yaxshilik kutma! — N. Safarov — Uygʻonish.
- Zontikni ochmoq. Kaftini (qoʻlini) ochmoq. Qanotini ochmoq. Yomondan qoch, yaxshi-ga quloch och. — Maqol. ■■
- Kumush ayvon tomonga qaytar ekan, oshiqib xatni ochdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Rejissyor yana daftari-ni ochib, bir nimalarni yozib qoʻydi. — A. Qahhor — Kartina.
- Mak-tab ochmoq. Sanatoriy ochmoq. Yangi yoʻl och-moq. Koʻrgazmani ochmoq. am [Hasanali] ..gu-zardan baqqollik doʻkoni ochgan edi. — A. K — o-diriy, Oʻtgan kunlar.
- Meni gʻaflat uyqusi bosmagan boʻlsa, nega bir gazlik paxsani ke-sar emishlar-da va boshimdan tuynuk ochar emishlar-da, men hech narsa sezmas emishman! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Yangi yulduz ochmoq. Kon ochmoq. yash Axir siz bilan biz katta ish qilyapmiz, oʻzbek xotin-qizlari hayotida butun bir davr och-yapmiz. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Munozara ochmoq. Mitingni ochmoq. n
- Oʻzbek oyim kora kiyib, taʼziya ochdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Majlisni Ibrohimov ochdi va kun tartibini eʼlon qildi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Buvisi aza ochib, hovlida xotinlarning chuv-vos yigʻlagani hamon qulogʻida. — Mirmuhsin — Qahramonnoma.
- Masalaning mohiyatini ochmoq■ Asar kahramonlarining xarakterini ochmok. Hakikatni ochmok■ Gapning tagini gap ochar. — Maqol.
- Yoʻlchi aksar vaqt, ishdan kutulgach, u [Qoratoy] bilan vakt kechirar, qaygʻusi-ni, sevinchini unga ochar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Agar ular [Teshaboylar] bu mak-sadlarini ochib aytmayotgan boʻlsalar, balki bunda bir sirlari bordir. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Kimga suyansam, dardimni ochsam, u ham menga oʻxshagan chiqa-di. — S. Ahmad — Ufq.
- Jinoyatni ochmok■ Kamchiliklarni ochmoq. Sir(ning) uchini soʻz ochar. — Maqol.
- Ola tovuk somon sochar, oʻz aybini oʻzi ochar. — Maqol.
- sht "Yoʻk, bunda bir sir bor. Men bu ishni, al-batta, ochaman", deb oʻylar edi Nuri. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Mulla Norkoʻzi jahl bilan uning [xotinining] alamini bosmoqchi boʻldi: -E, ha,zi men seni ochaman deb yuribman-ku. — A. Qahhor — Mayiz yemagan xotin.
- Yaqin orada xotin-kizlarning yoppa ochilishini tashkil qilish kerak, tushundingizmi? — S. Zunnunova — Olov.
- Lovullagan gshtm uyni juda ochib yubordi. Kiyim kiz husnini yanada ochibdi. Er yuzini yer ochar, yer yuzini er ochar. — Maqol.
- Kishi fikrini kitob ochadi. Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar. — Maqol. ■■
- Maktab, anjuman borgʻil, unda fikr ochib gohi, Ilmu fan tigʻi birlan jahl bagʻrini kon ku/7. — Hamza.
- Tovuk oʻnta joʻja ochibdi. Musicha bola ochibdi. m
- -Biz yorugʻ dunyoni koʻrish uchun tugʻilganmiz, Turgʻunoy!— dedi Maston. - Biz tovuk emasmizki, qanday tuxum bostirsa, shuni ochib chiqarsak. — A. Qahhor — Maston.
- Butun gaplarni orada ochdi qilmasak, taʼna-tavbalardan qutul-maydiganga oʻxshayman. — H. Nazir — Oʻtlar tu-tashganda. Fol ochmoq Taxmin qilmoq; biror holat, hodisa yoki narsa haqida asossiz gapirmoq.
- Odamlar aniq bir tasavvurga ega boʻlmagani uchun, har kim oʻz holicha fol ochardi. — N. Safarov — Olovli izlar. Qorni ochmoq Ochiqmoq, och qolmoq. Qoʻriq ochmoq Yer oʻz-lashtirmoq; foydalanilmagan yerga ekin ek-moq.
- Qoʻriqlar ochilib, hali sizot suvlar oqib ketadigan quvurlar yotqizilmay turib, ular-ga ham chigit ekildi. — M. M. Doʻst, Lolazor.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0