Толковый словарь
ojiz
ожиз
Значения
- Jismoniy jihatdan kuchsiz; zaif, bequvvat, notavon.
- Biror ish qilish uchun hech qan-day chora-iloj qoʻlidan kelmaydigan; iloj-siz, noiloj.
- Qurbi, kuchi yetmaydigan, kuchsiz.
- Boʻsh, kuchsiz, past.
- Xira, kuchsiz; yorqin emas.
- Koʻrish qobiliyatini qisman yoki ba-tamom yoʻqotgan; koʻr.
- Mayna Abduvahobning yoshlangan ojiz chap koʻziga, muloyim tikilib turgan oʻng koʻziga nazar tashladi. Sh. Toshmatov, Erk kushi.
Примеры
- Ojiz kampir. yash Shunday kezlarda Siroj qandaydir notavon, ojiz bir kishiga aylanadi-da, boshini gʻam-gin egib, soatlab joyidan qimirlamay qo-lardi. — S. Zunnunova — Olov.
- Gulnor esa, oyoqda turishga ojiz, tinkasi qurigan bir xasta kabi, umidsizlik bilan yana sekingina oʻtir-di. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Isfandiyor deb atalmish yovuz va manfur MaxjiyK qarshisida hamma ojiz ekanligini oʻylab, battar ezildi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Madaminxoʻja uning koʻzlaridagi ilti-joni tushundi, lekin.. xurofot, bidʼat ol-dida ojiz edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Birov birovga muruvvat qilishdan ojiz boʻlgan oʻsha zamonda Hamro ota va uning oilasiga oʻxshash insofli odamlar ham bor edi. — N. Safarov — Katta karvon yoʻlda.
- Toshkentimiz — bagʻri keng, goʻzal shahar. Uning taʼrifiga uncha-muncha qalam ojizdir. — Gazetadan.
- Yoʻl chetida boʻgʻziga pichoq tortilgan bir buqacha jon taslim qilayotgan boʻlsa kerak, orqa oyogʻini har zamoy, bir ojiz silkitib qoʻyardi. S. — Ahmad — Jimjitlik. U
- [Kumri] yarani bogʻlayotgan-da, Botirali ojiz tovush bilan bir ingra-di-yu, yana jimib qoldi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Fonarning xira shishasidan atrofga ojizgina qizgʻish shuʼla yoyildi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Koʻzi ojiz odam, n
- Baʼzan tushlik ovqat vaqti, koʻpincha ish-dan keyin, toʻrtta-beshta koʻzi ojiz erkak-ayollar yigʻilishib, oʻzaro gurunglashib qoli-shardi. — Shukrullo — Saylanma.
Этимология
Arabchadan - nimjon, boʻshashgan, kuchsiz, zaif; noʻnoq, noqobil; koʻrmaydigan, koʻr.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0