Толковый словарь
olam
олам
Значения
- Butun mavjudot, borliq, koinot, dunyo. -Ayb mening oʻzimda, — dedi u [boy] zardasi qaynab. —
- Oʻn sakkiz ming olam Butun koinot, butun borliq, butun dunyo.
- Butun jahon, dunyo, yer yuzi va undagi insonlar, xalkdar
- Tabiatda mavjud boʻlgan narsalarning alohida bir toʻpi, dunyosi.
- Oʻziga xos xususiyatlari, maqsadi, mas-lagi bilan ajralib turadigan ijtimoiy guruh, jamiyat.
- Yangi olam 1) biror ijtimoiy formatsiya oʻrnini olgan ikkinchi, yangi formatsiya.
- Odamning maʼnaviy, ichki dunyosi; oʻzi-ga xosligi.
- Biror soha, jabha.
- Bu dunyo; mavjud dunyo.
- Bir olam 1) oʻziga xos bir dunyo.
Примеры
- Olam bino boʻlgandan beri yaxshilikka — yomonlik, xizmatga — tuh-mat boʻlib kelgan. S. Ayniy, Doxunda.
- Paxtamizning shuhrati butun olamga mashhur. n
- Hakimboyvachcha-ning ovozasi olamni tutadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Oʻsimliklar ola-mi. yash Titrash oʻsimlik olamiga ham halo-katli taʼsir etadi. — "Fan va turmush".
- Yangi olamga kirgan odamlarning hammasi oyogʻida eski olamning loyi bilan kirgan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari; 2) yangi sharoit, yangi muhit.
- Umrini shaharda, shovqinli sexlarda oʻtkazgan bu yigit uchun qishloq mutlaqo yangi olam edi. — S. Ahmad — Hukm.
- Inson ruhiy olamining eng nozik nuqtalarini his etib, voqea va hodisa-larning eng dolzarb jihatlarini badiiy aks ettirmogʻim lozim boʻladi. — "OʻTA".
- Ilm olami. Siyosat olami. m U
- endi.. Salimxondan koʻp soʻzlay-di, hatto Salimxonni siyosat olamiga sud-raydi. A. — Qahhor — Sarob.
- Fan olamida yangi-lik yaratish istagi uning qalbini qamray boshladi. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Olamdan oʻt-moq. yaya Qutbinisa onasi olamdan oʻtgandan buyen endi ohorli kiyim kiyishi edi. — S. Ahmad — Ufq.
- [Nor-mat] 1940 yili [Moskvadagi] qishloq xoʻ-jalik vistavkasini koʻrgandayoq: -Vistav-kaning oʻzi bir olam, — degan edi. — I. Rahim — Chin muhabbat; 2) juda koʻp, behad koʻp, koʻp-dan-koʻp, son-sanoqsiz.
- U Moskavadan bir olam taassurotlar bilan qaytdi. — T. Ashurov — Oq ot. Boshqa olam Xulq-atvori boʻlak, boshqacha.
- Ot esa tamom boshqa olam, ayniqsa mening qorabayirim. — H. Gʻulom — Mashʼal. Jumla(i) olam Olamdagi hamma odam yoki narsa.
- Oltin tuprogʻingda jumla olam bor. — H. Gʻulom. Ikki olamda Hech vaqt, hech qachon. Olam guliston q. guliston.
- Hammasiga oʻsha moshak sababchi. "Keling", deb telefon qil-maganda, olam guliston edi. — N. Aminov — Qah-qaha. Olam hodis Mabodo, ehtimol, boʻlishi mumkin, balki.
- Olam hodis, qoʻlga tushib qolsang, soʻroq kezida aybni faqat oʻz boʻy-ningga olib, oraga meni qotishtirmaysan! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Olamga sigʻmay ketdi Behad xursand boʻldi.
- Koʻrmaysizmi: suvning sharpasini eshitib, bechora [dehqon]lar olamga sigʻmay ketdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha. Parvardigori olam Olloh; olamning yara-tuvchisi, xalloqi olam, xudo.
- Parvardigori olam duolarimizni mustajob qilgay. Pod-shohi olam Zoʻr podshoh, ulugʻ podshoh. Xalloqi olam q. xalloq. Husn olami Husn-dor kishilar, nozaninlar toifasi.
- Bu uza-tish (toʻy) majlisini jonli, ruhli oʻt-kazmoq uchun barcha qizlar oʻzlarining eng asl, eng nafis kiyimlarini kiyib, favqulodda husn olamini yana bir qat, yana bir qayta bezabdilar. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Этимология
a. عَالَم — dunyo, jahon; koinot; xalq, omma
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0