Толковый словарь
oliy
олий
Значения
- Mavqei, martabasi, rahbarlik roli jihatidan eng yuqori; bosh.
- Sifat jihatidan eng yuqori, eng yaxshi.
- Eng yuqori darajali, eng yuqori, yuksak.
- Taraqqiyotning eng yuqori darajasiga erishgan, barkamol.
- Taʼlim tizimidagi yuqori bosqich.
- Eng kuchli, eng yuqori.
- Yuqori, murakkab.
- Yuqori, soʻnggi.
Примеры
- Oliy Majlis.
- Oliy sud.
- Oliy bosh qoʻmondon.
- 30 oktyabr kupi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi oʻz ishini davom ettirdi. — GazetadanJanobi oliylari - 1) oliy tabaqaga mansub yoki oliy mansabga ega boʻlgan kishi (podshoh, xon, amir, bek ) va ularning nomini ulugʻlab aytiladigan murojaat shakli.
- -Erta bilan janobi oliyga ariza va sovrinimizni tortiq qilgandan keyin, agar ruxsati oliy boʻlsa, soʻngra savdoga kirisharmiz, - dedi karvonboshi. — Sadriddin Ayniy — Qullar
- Zoti oliylariga podshoh hazratlarining iltifotlari baland emish. — Oybek — Navoiy 2) hozirda: oliy darajadagi yozishmalarda hukumat yoki davlat boshligʻiga hurmat yuzasidan bevosita yoki uning nomiga qoʻshgan holda murojaat shakli.
- Prezident janobi oliylari.
- Bosh vazir janobi oliylari.Farmoni (yoki Amri) oliy yoki Oliy farmon - eng yuqori tashkilot, davlat organi yoki boshliqning farmoni.
- [Salimboyvachcha:] Xoʻsh, aytingchi, podshoning mardikor olishiga nima deysiz? Mana, farmoni oliy chiqdi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Oliy nav.
- Oliy sifat.
- Bogʻda hovuz boʻyiga shinam shiyponlarga yozilgan dasturxonlar yozilganicha, besh yulduzli oliy nav konyaklar ochilganicha, soʻyilgan boʻrdoqilar soʻyilganicha qolib ketdi. — Odil Yoqubov — Diyonat
- Oliy maqsad.
- Oʻzbek adabiyoti haqiqatan har jihatdan barkamol, tahsinga loyiq, xalqimizning oliy maqsadi uchun kurashda katta kuch boʻlib qoldi. — Kibriyo Qahhorova — Chorak asr hamnafas
- Tashkilotning oliy formasi.
- Oliy oʻquv yurti.
- Baʼzan oliy maʼlumotli kishilar oʻz tarjimai hollarini bir varaqqina yozib berishga ogʻrinadilar. — Shukrullo — Saylanma
- Sirasini aytganda, mavsum boshidayoq oliy ligaga berilayotgan qoʻsh yoʻllanmadan birini qoʻlga kiritish oson boʻlmasligi koʻzga tashlanmoqda. — Gazetadan
- Oliy matematika.
- Oliy jazo.
Этимология
Arabchadan - yuqori, yuksak, baland.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0