Толковый словарь
oltin
олтин
Значения
- Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element; sariq-qizgʻish tusli qimmatbaho nodir metall; zar: tilla.
- Har qanday qimmatbaho yoki aziz narsa haqida.
- Oltin suvi qarang zarhal, hal.
- Shu metalldan zarb qilingan pul.
- sft. koʻchma Qimmatli, bebaho (fikr, ran, soʻz, ish, vaqt va shu kabilar haqida).
- Oltin bosh Yaxshi idrok etadigan, yaxshi ishlaydigan bosh, oʻtkir aql; shunday bosh, shunday aql sohibi.
Примеры
- Sof oltin. Oltin soat. Yoʻqolgan pichoqning sopi oltin. — Maqol. ■■
- Direktor oʻsha terilar uchun koʻrgazmaning oltin medishni oldi. — S. Ahmad — Yulduz.
- Xom-tok qilingan ishkomda husayni uzumlar oltindek tovlanmoqda. — I. Rahim — Ixlos.
- Yer—xazina, suv—oltin. — Maqol.
- Doʻst-yorlar ahil boʻlsa, Choʻlda oltin undirar. — Maqol.
- Qoʻshiq aytibkelaman qir yoqalab. Gul-chechaklar teraman Sir yoqalab. Ter toʻkib yetishtirgan "oltinimiz" Turadi chanogʻida bizga qarab. — "Folklor".
- Oltin suvi yugurtirilgan soat.
- Homid yonchigʻini chiqarib, bir qoʻlidan ikkinchi qoʻliga oltinlarni sanab tushira berdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Bunchalik dabdaba, albatta, xazinadagi oltinlar kuchi bilan boʻlgandir, deb bazilarning koʻngliga kelar. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Oltin yoshlik. Yosh chogʻim — oltin chogʻim. — Maqol. ■■
- Kam boʻlmang, raisim, oltin soʻzlarni ayt-dingiz. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Amu-ning boʻyida kezardim tanho. Shu oltin dam-larni sezardim tanho. — Gʻayratiy.
- Nihoyat, Qoratoy Yoʻl-chining yelkasini doʻstona qoqib dedi: -Rosa boshing bor, inim Yoʻlchi, oltin boshing bor. Gaplaring bari haq. — Oybek — Tanlangan asa-lar. Oltin vodiy Noz-neʼmatlarga boy, obod, yashnagan vodiy. Oltin kuz Yilning hamma narsa gʻarq pishgan toʻkin-sochin payti, moʻl-koʻlchilik fasli.
- Bahor boʻyi, yoz boʻyi zarrama-zarra yiqqan bunyodini buyuk saxovat bilan dehqon etagiga solayotgan mana shu oltin kuzda uning yuragi qafasdan chiq-qan qush yuragiday yayray boshladi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha. Oltin odam Juda yaxshi odam, tengi-misli yoʻqodam. Oq oltin Paxta. Qora oltin Neft yoki koʻmir. Qoʻli oltin yoki oltin qoʻl Har ishga mohir qoʻl va shunday qoʻlli kishi.
- Sizlarni koʻrganimda.. Oltin qoʻl albatta tushar esimga. — X. Saloh.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0