Толковый словарь
oqlamoq
оқламоқ
Значения
- Ohak, boʻr kabi oq tusga kirituvchi narsalar bilan boʻyamoq.
- Ovqatga qatiq qoʻshmoq, qatiqlamoq.
- Choyga sut aralashtirmoq.
- maxe. Metall narsalarning sirtiga qalay yugurtirmoq.
- Donni, gʻallani tuyib, poʻstini aj-ratmoq, tozalamoq.
- Biror kishining gunohsiz ekan-ligini tasdikdamoq, kimsani aybdor emas deb topmoq.
- Biror harakat yoki holatning toʻgʻrili-gini tasdiqlamoq, haq, toʻgʻri deb topmoq.
- Ishonchni oqlamoq Bildirilgan ishonch-ga munosib ish qilmoq.
Примеры
- Devorni oqlamoq. Uyni oqlamoq. n
- Daraxtlarning tanasini oqlab yurgan chol yengi bilan pesho-nasini arta turib, shiyponga qarab qich-qirdi: Hoy Komiljon! — S. Zunnunova — Olov.
- Moshxoʻrdani oqlamoq. n
- Oyxon qoʻshquloq-qa qatiq ivitib qoʻygan ekan, mastavani oqlab ichdilar. — A. Muxtor — Kumush tola.
- [Qutidor:] Toʻybeka, Kumushning choyini oqlab ber-chi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Mis qozonni oqlamoq.
- Oʻrta yashar xotin koʻy-lak yenglarini bshxagigacha shimarib, toʻq-toʻq qilib, kelida sholi oqlaydi. — S. Ahmad — Ufq.
- Kuyovingiz objuvozda sholi oqlayapti. Tinch-omonlik, otasi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Sud gunohsizlarni oqladi. n
- IHamida:] Men qizni oqlab, butun gunohni uning xoʻjayiniga, yosh qizni bu qadar berahm ekspluatatsiya qilgan kishiga qoʻymoqchiman. — A. Qahhor — Adabiyot muallimi.
- Qodir Nabi-gulga "Holingga voy" deganday qilib qaradi. Buni Nabigul fahmlab, oʻzini oqlashga ki-rishdi. — A. Qahhor — Qanotsiz chittak.
- Qiziga boʻlgan gʻazabini yuragi oqlasa, aqli qoralardi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Qiz-juvonlarimizning egnidagi gʻalati-gʻalati kiyimlar haqida gap borganda, ular-ni nima deb oqlashni ham bilmaysan kishi. — Gazetadan.
- Bu yigit layoqatli, ishchan, shubhasiz, ishonchlaringizni oqlaydi. — "Sharq yulduzi". Ona sutini oqlamoq Onaga mardlarcha xizmat qilib, uni rozi qilmoq, farzandlik burchini bajarmoq. Tuzini oq-lamoq Oʻz panohiga olib boqqan, tarbiya qilgan kishining xizmatiga yarasha xizmat qilmoq.
- Ulugʻ burchim tuzingni oqlamoqdir, Hamisha hurmatingni saqlamoqdir. — Habibiy.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0