Толковый словарь
oshmoq
ошмоқ
Значения
- Miqsor yoki hajm jihati-dan koʻpaymoq; oʻsmoq; ortmoq.
- Ishi boshidan oshib yotmoq (yoki ketmoq) Ishi juda koʻp boʻlmoq, juda koʻpayib ketmoq.
- Ortmoq, ortib qolmoq.
- Koʻtarilmoq.
- Maʼlum bir payt chegarasidan utmoq; kechmoq; ogʻmoq.
- Mol sotib olishda uning bahosini oshirmoq, narxiga narx qoʻshmoq, ortgirmoq.
- Kim oshdi savdosi Molini ochiq savdoga qoʻyib, uni eng yuqori narx qoʻygan kishiga sotish usuli; auksion.
- Kuchaymoq, zoʻraymoq; yanada sezilarli, taʼsirli boʻlmoq.
- Takomillashmoq, yaxshilanmoq; yuqori bosqichga koʻtarilmoq.
- Biror jihatdan yoki biror sohada bosh-qalardan oʻtib ketmoq, oʻzmoq, zoʻr chiqmoq, orqada qoldirmoq.
- Oshib tushmoq q. tushmoq 24.
- Maʼlum bir toʻsiq, chegara yoki baland-likdan oʻtmoq.
- Umbaloq oshmoq q. umbaloq.
- Qoʻldan qoʻlga, bir tashkilotdan bosh-qasiga oʻtmoq.
- Koʻpmoq, koʻpchimoq (xamir haqida).
- Amalga oshmoq q. amal 1.
Примеры
- Fakultet-dagi talabalar soni besh yuzdan oshdi. n
- Paxta yildan yilga moʻl boʻlib, foydasi ham oshib turibdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Direktorning peshonalari tirishdi-yu, sal-gina norozilik maʼnosida oʻziga-oʻzi dedi: "Mana, ishlar ham boshimdan oshib ketdi". — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Nabirali boʻ-ladigan Uzbek oyimning ishi boshidan oshgan.. edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Xarajatdan besh soʻm oshib qoldi.
- Oyim kuydi-yondi, dadam-ning qon bosimi oshib, kasalxonaga tushib qoldi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Saodat labini jiyirib, shishachani qaytib uzatdi: -Yoʻq, besh soʻmdan oshsa olmayman.. — "Yoshlik".
- Hali oftobning dami qaytmagan, Qoʻshariqning katta koʻchasidagi azamat teraklar toldan oshib, hovliga toʻrt enlikkina soya tashlagan payt edi. — S. Ahmad — Ufq.
- Har kun mol narxi oshadi, bozorda savdogarlarning qulogʻi tik-kaygan. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Vaqt yarim kechadan oshdi. Soat uchdan oshdi. Ish boshlaganimga besh oy-dan oshdi. Yoshim qirq beshdan oshdi. sht Soat oltiga belgilangan toʻy soat oʻndan oshganda boshlanibdi. — A. Qahhor — Toʻyda aza.
- Boshqa bir raqib ilmasin, degan andisha bilan baqqol ham bir tangalab oilaverdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Alami oshdi. Zavqim oshdi. Ixlosim oshdi. Kayfi oshdi. Gʻayrati oshdi. Ishga havasi oshdi. yat Uyda oʻtiraverib, Murodning xunobi oshib ketdi. — T. Ashurov — Oq ot.
- Iskandar ich-ichidan jigʻibiyroni oshib, ters burilib chiqib ketdi. — M. Mansurov — Yombi.
- Sotuvchining malakasi oshdi. Huquqiy ongimiz oshmoqda. Qadrlasang, qadring oshar. — Maqol.
- yat Bu hujjatni butun rayonga tarqatmoqchimiz, Sher, obroʻying oshib, choʻqqiga koʻtarilayotganingni bilyap-sanmi?I. — Rahim — Ixlos.
- Agar yengsang, zoʻr kelsang, oshsang, Doim seni toʻyga boshlayman. — E. Ra-him — Yangi qadam.
- Mamat qas-sobniki hammadan oshib tushdi. U boshqalardek qilmadi-yu, lekin chiqib ketdi. — "Yoshlik".
- Dovon(dan) oshmoq. Devordan oshmoq. Tog(dan) oshmoq. Suv toʻgʻondan oshib tushyapti. Qimirlagan qir oshar. — Maqol. ■■
- Shermat devordan oshib, hovliga tushdi va oyoq uchida yurgancha, burchakdagi uy oldiga keldi. — "Yoshlik".
- Salomat qizlar bilan bogʻ-ma-bogʻ oshib kelib, devor rahnasidan qoʻshiq-qa quloq solardi. — S. Ahmad — Hukm.
- It umbaloq oshib, beli bilan devorga borib urildi, koʻz-lari tubsiz qahrga toʻlib, gʻingshidi. S. — Nurov — Maysalarni ayoz urmaydi.
- Ish tergovdan sudga oshdi.
- Xamir oshdi.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0