Толковый словарь
osmon
осмон
Значения
- \f. ^1— koʻk, samo, falak] 1 Yer ustida gumbaz shaklida koʻrinib turgan moviy fazo; samo, falak, koʻk.
- Yer atrofini oʻrab olgan olam fazosi (astronomik jismlar makoni).
- Baland, tepa, yuqori.
- Yuqori, baland, qimmat.
- koʻchma s.t. Juda baland, yetib boʻlmay-digan darajada yuqori.
- Boshi osmonda Xursand, shod.
Примеры
- Osmon gumbazi.
- Osmonni bulut qopladi. Osmon uzoq, yer qattiq. — Maqol.
- Tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda koʻr. — Maqol. a
- Tiniq osmonda yul-duzlar charaqlabturibdi. — I. Rahim — Chin mu-habbat.
- [Boy Jamishga:] Mening oltinlarim shunday.. ulugʻ bir hokimki, yerga kirsang — qulogʻingdan, osmonga chiqsang — oyogʻingdan tortib, mening qoʻynimga olmaday qilib solib qoʻyadi! — Hamza — Boy ila xizmatchi.
- Yulduzlar os-moni. Osmon mexanikasi.
- Osmonga otgan to-shing Haytib tushib, yorar boshing. — Maqol.
- Nima uchun shunday pishiqchilik paytida mevalar-ning narxi osmonda? — Gazetadan.
- Varrak osmonga chi-qib ketdi. -[Yoqut] Hali ham osmonda, — dedi Hamro Karomatga. — H. Rahim — Chin hayot.
- Shu boisdan qoʻlim koʻksimda, boshim osmonda! — Gazetadan. Dudi osmonga chiqmoq ayn. figʻoni osmonga chiqmoq q. figon.
- Manashu yerda mingboshining dudi osmonga chiqdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha. Yer bilan osmoncha farqi bor Juda katta farqi bor. Oyogʻini osmondan keltirmoq q. oyoq. Osmonga ustun boʻlarmiding ayn. dunyoga ustun boʻlarmiding q. dunyo.
- Nima boʻladi, osmonga ustun boʻladimi? — dedi Ashur Mirzo ochiq bir kinoya bilan. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha. Osmonda yurmoq Oʻzini katta fahmlab, kek-kayib yurmoq, hech kimni mensimaslik. Osmondan kelmoq Juda balandsan kelmoq, oʻzi-ni baland olib, magʻrurlanib gapirmoq.
- Xoliqov goho baralla qahqahlaydi, baʼzan "Men unday qildim, men bunday qildim, qotirdim, doʻndirdim", deb osmondan keladi. — A. Muhiddin — Chap choʻntak. Osmondan olib gapirmoq Taxminan gapirmoq; omilsiz, asossiz gapirmoq. Osmondan osilib (yoki oyogʻini uzatib) tushgan kesat. Hammadan yuqori, ulugʻ.
- Ha, muncha! Xotiningiz osmondan tushibdimi ? Biz ham odam bolasi, turib-miz. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0