Толковый словарь
otin
отин
Значения
- Eski maktablarda qizlar oʻqituvchisi; din va shariat bilimdoni.
- Otin bibi (yoki buvi, oyi) Uyida maktab ochgan ayol.
- etn. Ayollar oʻrtasida diniy marosimlar (maye., mavlud) ga boshchilik qiladigan ayol.
- Har qanday oʻqimishli yoki oʻqituvchi ayol.
- Oʻqimishli, obroʻli ayollarga muroja-atda yoki ular toʻgʻrisida ran borganda, ismiga qoʻshib ishlatiladigan soʻz.
Примеры
- Har kun qoʻshnimiz otin bibida qiyomgacha oʻqib, keyin to kechgacha, koʻpincha kechalari ham, ayamning yoniga kirib, tikish tikdim. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Yozishni bilmaydimi? -Qaydan bi-ladi, qishlogʻimizda otin buvi boʻlmasa, oʻqi-magan-da. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Opa-ning ovozi, otin oyilarning ovoziga oʻxshab, faqat bitta notada yurar ekan. — S. Ahmad — Jimjitlik.
- Shu chinorga chiqqanga, Chiqib uni yiq-qanga, Soʻzsiz, xotin boʻlaman. Goʻzal otin boʻlaman. — H. Olimjon.
- -Oying ham otin boʻladi, — Mavlon aka Karomatning gapidan zavqlanib kulib qoʻydi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Gulnor Yoʻlchiga xat yozishga qaror qilgan va soʻzlarini aytib turgan, otin qiz esa Gulnor soʻzlarini silliqlab, qogʻozga koʻchirgan. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Shakar otin. Fotima otin. n
- [Yusufbek hoji:] Bolam, Zaynab otin, sizdan hali yoshlik gʻururi ket-magan, lekin mening bolam boʻlganingizni siz ham unutmang! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0