Толковый словарь
oxur
охур
Значения
- Chorva mollari (qoʻy, echki, sigir, ot) ga yem-xashak solib beriladigan moslama (idish).
- Baland (yoki katta) oxurdan yem yegan (yoki suv ichgan) Kattalar, boyonlar bilan yaqin aloqada boʻlib kekkaygan yoki oʻzi katta boyon boʻlib oʻtgan.
Примеры
- Ot oxuri. Mol oxuri.
- Ot qarisa - oxurda, it qarisa - chuqurda. — Maqol
- Toshtemir quduqdan bir necha marta suv chiqarib, otlarni sugʻordi, oxurlarga beda soldi. — H. Gʻulom — Feruza
- Gʻulomjon otxonaga kirib, toʻkilgan bedalarni oxurga terib soldi, Korongʻida ham koʻzlari chaqnab turgan samanni peshonasidan silab, suyib qoʻydi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- [Oʻrmonjon:] Sen katta oxurdan yem yeb oʻrgangansan, chidolmaysan. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Said aka, Yaxshiboyevga suykalmang, sizga pand beradi, katta oxurdan yem yeb oʻrgangan odam, ajabmaski, qulay kelgan onda sizni oyogʻiga patak qilib ketsa. — M. M. Doʻst, Lolazor.
- U chet ellarda diplo-matlar bilan gaplashgan, katta oxurdan suv ichgan. — S. Ahmad — Jimjitlik.
Этимология
f. jj^\ — otxona; ogʻil, oxur
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0