Толковый словарь
oyim
ойим
Значения
- Oyi s. 1-sh. egalik shakli.
- Oqsuyaklarga mansub ayollarga murojaatda ularning nomiga, unvoniga qoʻshib ishlatilgan yoki uning tarkibiy qismini tashkil etgan soʻz.
- Umuman, ayol kishiga murojaat qilganda, hurmatlash, ulugʻlash maʼnosida uning nomiga qoʻshib aytiladigan soʻz.
- Tannoz, nozanin.
- Oyim qiz; Qizlarga hurmat yuzasidan yoki kesatiq bilan murojaat shakli.
Примеры
- Buni [uzukni[ yosh qiz vaqtimda.. oyim sotib olib bergandi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Mohlar oyim.
- Nigor oyim hozirgina [oʻquvchi] qizlarini ozod qoʻyib, koʻkrak bolasini bagʻriga olgan edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Katta uyda eshon oyimlar ham Toʻraxoʻjaboyning xotini, kelinlari.. oʻtirishipti. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Bir vaqtlar men ham xonim oyimlarga choʻri edim. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Rahima oyim, Mastura oyimkabi.
- [Zargarov:] Aravani quruq olib qochmang, oyim qiz! — A. Qahhor — Ogʻriq tishlar.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0