Толковый словарь
pir
пир
Значения
- . Uzoq umr koʻrgan kishi; keksa (qari 2).
- . Diniy mazhab boshligʻi, diniy rahbar.
- . Biror kasbning asoschisi, homiysi deb tushuniladigan, koʻpincha, afsonaviy va afsonalashtirilgan shaxs.
- . Biror ish, kasb yoki sohani juda yaxshi egallagan, shu sohada oʻta mohir usta kishi, ustoz.
- Yo pirim yo III.
- Pir urgan Eng yomon, arvoh urgan, yaramas.
Примеры
- Xudo xohlab, pirlar madadkoru aziz avliyolar qoʻllab yuborsa, hammasini daf qilamiz. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati.
- "Qoch, yoʻlni boʻshat, pirim kelyaptilar!" deb kimgadir oʻshqirgan.. — K. Yashin — Hamza.
- Arvohlar yor, pirlar madadkor boʻlib, ovimiz baroridan kelsin. — Hamza — Tanlangan asarlar.
- Miskarlar, chegachilar, tunukasozlar koʻp antiqa gaplarni, har qaysilari oʻzlarining pirlarini, risolalarini yaxshi biladilsr. — Oybek — Bolalik.
- Bunday rahbarlar, goʻyo hamma sohaning piri hisoblanadilar. — N. Aminov —
- Bolang boy boʻlgur Shodi oshpaz bu kasbning zap pirida! — cholning tarifini keltirishadi chinorliklar.. — "Yoshlik".
- Ular oʻrni kelsa, otasi ekan-u, hatto pirining ham betiga qorakuya chaplab, maqsad sari talpinadi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Yo pirim! Sharmanda qilma! (Bitta-bitta ketadilar). — Hamza — Tanlangan asarlar.
- Ziqnaning pir urgani edi. Xasisligini, isqirtligini hamma bildi. Kimsan – terifurush falonchi boy! — Oybek — Tanlangan asarlar.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0