Толковый словарь
pista
писта
Значения
- . bot. Janub togʻlarida oʻsadigan past boʻyli, yongʻoqmevali daraxt yoki buta.
- . Shu daraxtning qattiq qobiqli mevasi.
- Xandon pista q. xandon.
- . Kungaboqarning xom yoki qovurilgan urugʻi.
- Pista dahan Ogʻzi pistaga oʻxshash kichik va kelishgan.
Примеры
- Tabiatning mehri bilan yasalgan koʻm-koʻk archazorlar va togʻ ariqlaridagi jarlar yoqasida saf tortgan pista zumraddek tovlanib, koʻzni qamashtirar edi. — Tuygʻun — Shoir haqida haqiqatlar.
- Odam odam bilan, pista bodom bilan. — Maqol.
- Lekin pista, bodom, mayiz, jiydani koʻrib, tarvuzim qoʻltigʻimdan tushdi. — F. Musajonov — Himmat.
- Ana shirinlik, mana shirinlik, deb murabboyu nisholda, pistayu magʻiz, qand-qurs, yana allanimalarni hech surishtirmasdan, aralash-quralashiga pok-pokiza tushiraveribdi. — N. Maqsudiy — Mechkay eshon.
- Jigaru buyrak, dumba yogʻdan tayyorlangan qoʻshaloq parmuda somsalar, xushboʻy murabbolar, Beshkaramning anoriyu, Fayziobodning tilyorar qovunlari, xandon pista, mayizlarning eng tozalari, yaxna goʻsht. — "Yoshlik".
- Bir vaqtlar eri urushda oʻlgan xotin shu tosh ustida oʻtirib, pista sotardi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Xolmat: Obi ravon. pista dahan, nozik ado, pari jahon, yaʼni ism sha-riflari Jamilaxon. — Hamza — Boy ila xizmatchi. Pista koʻmir q. koʻmir.
- Keyin pista koʻmir soʻrab kirganimda, biram besaranjom ediki oʻtinxonalari. — S. Zunnunova — Olov. Pista poʻchoqqa jo qilmoq (yoki joylamoq) Gap bilan ogʻiz ochdirmay, bir burchakka tiqib qoʻymoq.
Этимология
Pista soʻzi asli forscha soʻz boʻlib, oʻrta fors tilida *pistak soʻzining hozirgi fors tilidagi پسته pista shaklidan olingan.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0