Толковый словарь
poylamoq
пойламоқ
Значения
- . Biror kimsa yoki narsaning kelishini kutmoq.
- . Biror voqea yoki hodisaning sodir boʻlishini, roʻy berishini kutmoq.
- . Biror kimsa yoki narsaning xavfsizligini, daxlsizligini saqlamoq, qoʻriqlamoq.
- . Zimdan kuzatmoq, taʼqib qilmoq; payida boʻlmoq.
- . Moʻljalga, nishonga olmoq, moʻljallamoq.
- Payt (yoki fursat) poylamoq Qulay fursatni kutmoq.
- Gap poylamoq Birovlarning gapiga zimdan quloq solib, maʼlumot toʻplamoq, ran oʻgʻirlamoq.
- Ogʻzini poylamoq Birovning belgili bir masala yuzasidan nima deyishini, qanday mulohaza bildirishini yoki javob aytishi-ni kutmoq.
- Qadamini poylamoq 1) kimsaning yurish-turishini zimdan kuzatmoq, taʼqib qilmoq.
Примеры
- Tramvay poylamoq.
- Endigina oʻn uch yoshga kirgan Usmonjon esa kunduzi odamlarning kelishini poylab, bir-ikki tanga pul ishlar.. — S. Zunnunova — Olov
- Axir, bu bola tili chiqqandan beri dadasini yoʻqlaydi, kelishini kutib, yoʻlini poylaydi. — S. Ahmad — Ufq.
- Bekatda chamadonini yoniga qoʻyib oʻtirib, avtobus poyladi. — "Yoshlik".
- Yomgʻir tinishini poylamoq.
- Boshqa uylarda qarindosh-urugʻlar va nikohni poylab yotgan.. xotinlar bor edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Doshqozonda qaynar sumalak, Onaxonlar tongni poylaydi. — "Saodat".
- Nega boylar uyin poylab, Tomda shamdek qotamiz! — Hamza.
- Mingboshining darvozasini mirshab poylab turibdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Uni birdan qoʻrquv bosdi: goʻyo allaqanday yashirin koʻzlar tevarakdan ularni poylab turgandek sezildi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Poylab boribsanda, hammasini koʻribsanda.. — S. Ahmad — Saylanma.
- Ayiqning oyogʻini poylab oʻq uzmoq. Olmani poylab tosh otmoq. Quyonni poylab otmoq.
- Ajdarning toʻxtaganini poylab turib, yana ikkinchi koʻziga yoydan oʻq otib yubordi. — M. Mahmudov — Bulbuligoʻyo.
- Kuyov bilan kelin payt poylab, bir-birlarining atrofida anchagina aylanib yurishdi. — M. Osim — Karvon yoʻllarida.
- Payt poylab yurardi, mana bugun oʻsha payt keldi.. — M. M. DoʻstLolazor.
- Fursat poylab, atrofida aylanishib yuraveradi. — "Sharq yulduzi".
- Gap poylamoq sizdan lozimmi, axir. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Qaysi burchak-dadir bekinib, gap poylab yotgan Rahim "Tar-zan"ni ergashtirib keldi. — H. Nazir — Yonar daryo.
- Nizom boʻlsa toʻng, kechgacha ogʻzi-ni poylasang ham, bir soʻz chiqmaydigan kam-gap bala boʻldi. — S. Ahmad — Ufq.
- Nusratbek oʻzini qiynab yurgan savollarga bir yoʻla najot topadigandek uning ogʻzini poyladi. — S. Nurov — Maysalarni ayoz urmaydi.
- Yaxshiboyev sassiz kuldi. Taʼrifi shuki, oʻlguday xira, deb oʻy-ladi, kayealxonada menga qoʻshni, qadamimni poylaydi. — M. M. Doʻst, Lolazor; 2) kimsaning kelishini zoriqib, intizor boʻlib kutmoq.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0