Толковый словарь
prezident
президент
Значения
- Respublika boshqaruvi shaklidagi koʻpchilik mamlakatlarda maʼlum muddatga saylab qoʻyiladigan davlat boshligʻi.
- Baʼzi ilmiy muassasa yoki jamiyatlarning maʼlum muddatga saylab qoʻyilgan boshligʻi, rahbari.
- Firma, bank, kompaniya va shu kabilardagi yuqori mansabdor shaxs.
Примеры
- Oʻzbekiston Prezidenti.
- Bunda Prezident Islom Karimovning “Oʻzbekiston teatr sanʼatini rivojlantirish toʻgʻrisida”gi farmoni muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda. — Gazetadan.
- Dehli safari chogʻida Hindiston rahbarlari bilan, jumladan, prezident, vitse-prezident, bosh vazir, boshqa hukumat aʼzolari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi. — Gazetadan.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun oʻt-kazilayotgan musobaqaning barcha ishtirokchilari va tashkilotchilarini tabriklash menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi. — Gazetadan.
- Fanlar akademiyasining prezidenti,
- Konferensiyada Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assembleyasi prezidenti, taniqli yozuvchi Ch. Aytmatov suzga chiqdi. — Gazetadan.
- Yuzaki qaraganda, murabbiylardan davlat madhiyasini aytib berishni soʻrab oʻtirish baʼzilarga boshqacharoq boʻlib tuyulishi mumkin, — deydi federatsiya prezidenti Poʻlat Usmonov. — Gazetadan.
- Bank prezidenti. Kompaniya prezidenti.
Этимология
lot. praesidentum (praesidens) — “rahbar, boshliq” < praesidere — “oldinda oʻtiruvchi”
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0