Толковый словарь
qancha
қанча
Значения
- soʻr. olm. Miqdor, koʻlam, oʻlcham kabilar haqida soʻroqni bildiradi; qay miqdorda?
- Ritorik soʻroq gaplarda miqdor, oʻlcham va shu kabilarning ortiq darajasini, koʻpligini qayd etadi.
- Soʻroq gapdan transformatsiyalangan gaplarda soʻroq anglatmay, faqat nisbiy belgi bildiradi.
- Har qancha, nechogʻli, naqadar.
- Bogʻlovchi soʻz (nisbiy soʻz) vazifasida qoʻllanadi.
Примеры
- Toʻyga qancha odam keldi ?
- Bugun qancha paxta terildi?
- Oshga qancha guruch soldingiz?
- Namakob tayyorlash uchun bir litr suvga qancha tuz solinadi?
- Kechgacha qancha yoʻl yurdik?
- Qanchadan beri uchrashmadinglar?
- Oʻylab qara, ertadan kechgacha qancha odam bilan muomala qiladi! — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Mirzajon aka.. qishloq qurilishida loyihachilar, arxitektorlar, quruvchilar bilan qancha kurashmadi! — "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
- Boshidan qancha xoʻrliklar oʻtkazdi, lekin oʻgʻliga bir ogʻiz yomon gapirmadi. — K. Yashin — Hamza.
- Qancha yotdim — bilmayman, sekin koʻzimni ochsam, oʻsha torgina xonada yotibman. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Bu jang qancha vaqt davom etganligi Ahmadjonning esida yoʻq.. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Bir kunda qancha sabzi-piyoz sotadi — buni hech kimga, uy ichidagilarga ham aytmas edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Bir xizmatkorning qiziga uylanishi, qiz qancha chiroyli boʻlmasin, oʻz obroʻsi uchun katta nuqson deb bilgan edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- U qancha oʻylasa ham, Askar aka haqida yomon fikrga botinolmas edi. — N. Fozilov — Diydor.
- Oʻzbek oyim nabira masalasida qancha xursand boʻlsa, Otabek shunchalik xafa edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Tovuq bilan odam orasida qancha farq boʻlsa, bu ikki jonivorning muhabbati orasida ham shuncha farq bor. — A. Qahhor — Asarlar.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0