Толковый словарь
qarashli
қарашли
Значения
- Boshqaruvida, tasarru-fida boʻlgan; boʻysunadigan.
- Biror hududiy butunlik tarkibiga kiruvchi, uning tarkibidagi.
- Biror guruh, oila va sh.k. tarkibidagi, unga oid.
- Muayyan kimsaniki boʻlgan, unga te-gishli.
- Taallukdi, oid.
Примеры
- Madaniyat va-zirligiga qarashli muassasalar. Oliy taʼ-lim vazirligiga qarashli oʻquv yurtlari. yash Nabiyev markaz yoʻllanmasi bilan bizning boshqarmaga qarashli.. yangi ochilgan shaxta-ga oʻtgan ekan. — Gʻayratiy — Uzokdagi yor.
- Qoʻshni viloyat-ga qarashli yerlar. n
- Kapsanchilar qishlogʻi-ga qarashli Qoʻgʻazor mahallasida turuvchi Muhiddin Muhammadsolih oʻgʻli.. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Oʻzimizga qarashli yigipiar, birortasiga aytamiz. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Unga qarashli ikki muttaham yigit kecha kech Salimning koʻmagi bilan qizni.. qulaygina oʻgʻirlab chiqdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- ..bu yil bahorda ustiga yangi shiy-pon qilingan eskigina bir uy Mirzakarim-boyga qarashli boʻlib.. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Chorvoq dalasi qadimda Madamin bilan Olaxoʻjaboyga qarashli edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Mamajon yalqovning kundalik daftarida turli yil-larga qarashli bir necha sahifalarni yal-qovning oʻz dastxati, oʻz ogʻzi bilan aytmoq-chi boʻlaman. — Gʻ. Gʻulom — Tirilgan murda.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0