Толковый словарь
qarimoq
қаримоқ
Значения
- Yoshi ulgʻayib, qarilik davriga oʻtmoq; keksaymoq, qartaymoq.
- ♦ 2 Jismonan qarilik davriga xos holat-ga tushmoq.
- Eskirib, oʻz umrini tugatmoq, tugatish bosqichiga oʻtmoq.
- Xazon boʻlmoq, soʻlmoq. Bogʻimizga zogʻu xazon dorimasin, Gul ila gulzorimiz qa-rimasin. Uygʻun.
- koʻchma Oʻz muddatining tugash pallasita oʻtmoq, tugash jarayonida boʻlmoq.
- Safar qaridi 1) maʼlum joyda yoki sa-farda boʻlish muddati tugadi, qaytish vaq-ti keldi.
Примеры
- Da-rigan xotin. Darigan daraxt. Ahmoq hori-ganini bilmas, koʻsa — qariganini. — Maqol. m
- -Siz nechaga kirdingiz? -Meni soʻramang, men endi qarib qoldim. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Darib qolishgan, ogʻir musibatni koʻtarisha olmaydi. E. Raimov, Ajab qish-loq.
- Xadicha xola umrini xorlik-zor-lik tortib oʻtkazgan hamma kishilarday tez qarigan.. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Dalb qoʻrini el xizmatiga baxshida qshggan, yurtini yashnatib-yashartirgan kishi qari-maydi. — Gazetadan.
- Asrlardan asrlar-ga ulashgan Asl sanʼat qarimaydi. — Q. Mu-hammadiy.
- -Ba-horning daragi bu, — dedi Unsin mayin ohangda osmonga qarab, — qish qarib qoldi. — Oybek — Ulugʻ yoʻl.
- Huvullagan sariq vodiy-da Qarigan kuz yotadi behol. — Sh. Rahmon — Yurak qirralari.
- Safar qaridi. Gʻulomjon aka yur-tini shunchalik sogʻingan ediki, har esla-ganda, yurak-bagʻri ezilib ketardi. — J. Ab-dullaxonov — Toʻfon; 2) umri oz qoldi, oʻli-miga yaqin qoldi.
- Maʼmura singlim, menga olam uyidan joy qolmadi, safarim qaridi, muddatim bitdi. — X. Sultonov — Onamning yurti.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0