Толковый словарь
qator
қатор
Значения
- Narsa yoki kishilarning bir yoʻl (chiziq)da joylashgan holati; shunday joylashgan tizimi.
- ayn. saf 1.
- Biror ijtimoiy guruh, tashkilot va shu kabiga mansub kishilar majmui; saf.
- Bir qancha, bir talay, ancha koʻp.
- mat. Maʼlum tartibda joylashgan kattaliklar sirasi.
- kim. Oʻzaro maʼlum munosabatda bogʻlangan kimyoviy birikmalar guruhi.
- (Z-sh. egalik shaklida — qatori) koʻm. vazifasida. Oʻxshatish, qiyos munosabatini ("kabi", "tengi" kabi maʼnolarni) bildiradi.
- (3-sh. egalik va oʻ.-p. k. shaklida — qatorida) ayn. qator 7.
Примеры
- Qator uylar. Qator teraklar.
- Nonvoylik rastasiga kelsalar, qator doʻkonlarning hammasi yopiq. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Andijon degan katta yurt, Tevaragi qator tut. — — Qoʻshiqlar.
- Tutlarning qator oralariga ishlov berilmoqda. — — Gazetadan
- Saodatxon oldingi qatorda oʻtirgan Lolaxonga qaradi. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
- Qatorda katta-katta odimlar otib borayotgan Elmurod shikoyatlandi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Dushman qayta-qayta atakaga oʻtib, qatorlarimizni yorib oʻtishga harakat qilmoqda. — T. Rustamov — Mangu jasorat.
- Rota bir qator boʻlib, soʻqmoqdan.. ketmoqda edi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Ilgʻorlar qatori kengaymoqda.
- Qatordan qolguncha xatardan qol. — — Maqol.
- Bu yigitni Chilimahram togʻi etagida askariy mashq oʻtkazayotgan navkarlar qatoriga qoʻshing. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar
- Sheriklari qatoriga qoʻshib, uni oʻqitamiz. — H. Nazir — Yonar daryo
- Aholi orasida jismoniy tarbiyani rivojlantirish sohasida qator ishlar amalga oshirildi. — — Gazetadan.
- Romandagi qator obrazlarning zamirida konkret tarixiy shaxslar yotadi. — — Gazetadan.
- Butun sonlar qatori. Furye qatorlari. Qatorlar nazariyasi.
- Mana endi, u odamlar qatori ertalab ishga borib, kechki payt, el-yurt qatori, uyga qaytadi. — T. Ashurov — Oq ot.
- ..kechayu kunduz oʻshaning juvozida, yaylovda ishlashadi. Biz ham shular qatorimiz-ku!? Nimamiz ortiq?! — A. Muxtor — Qoraqalpoq qissasi.
- Men Zokir ota bilan Roʻzimatni qoralab, oʻzimni oqlamoqchi emasman. Shular qatori men ham gunohkorman. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Agar menga hurmat lozim boʻlsa, mubolagʻa bilan emas, yana takror aytaman, bir qarindoshingiz qatorida takallufsiz muomala qilish bilan boʻlsin!. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Shu qatorida badiiy adabiyot va sanʼat ham bir qadar eʼtibor topadi. — — Fan va turmush.
- Yusufbek hoji bekning uylanishini ham oddiy gaplar qatorida eshitib oʻtkardi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Этимология
Arabchadan قطار — tuya karvoni; poyezd.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0