Толковый словарь
qavarmoq
қавармоқ
Значения
- Ishlash, ishqalanish yoki kuyish natijasida qavariq hosil boʻlmoq.
- Turtib chiqmoq, boʻrtib turmoq.
- Yetilib, pishib, yaqqol sezilib boʻrtib turmoq.
- Koʻksi (yoki yurak-bagʻri, koʻngli) qavardi s. t. Qattiq xafa boʻldi, ranjidi, koʻngli oʻksidi, ogʻrindi.
Примеры
- Kun boʻyi ketmon chopib, qoʻlim qavardi. v
- Mening ham dastyorchilik qilaverib, oyogʻim qavardi. — Oydin — Fonar tagida. Beton qo-rish mashinasini aylantirish vaqtida qa-varib ketgan qoʻllari zirqirardi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin.
- Ikki-sining.. boʻyin tomirlari arqonday qavar-gan, bilak paylari temirga aylangan. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Mehmonni kuzatib qoʻygani-dan soʻng Ganjaning koʻnglida qavarib tur-gan oʻt birdaniga lovullab ketdi. — E. Sa-mandar — Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq.
- Gapi qursin, yurak-bagʻrim qavardi, Goʻroʻgʻliga borib, bergil xabardi. — "Goʻroʻgʻli".
- Zakot dedi, oʻn toʻrt mahram buyurdi, Mahram kelib, menga berdi xabardi, Zakot degan gapga koʻnglim qavardi. — "Al-pomish". Oyogʻi qavarmoq Yuraverib, qat-nayverib charchamoq. Tili qavarmoq Gapi-raverib charchamoq.
- Yigit qoʻlini siltadi: -Zapchast [ehtiyot qismlar] deyaverib, til-larimiz qavarib ketdi. — I. Rahim — Zangori kema kapitani.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0