Толковый словарь
qavat
қават
Значения
- Qat-qat narsalarning har bir qati, qatlami va ularning orasi.
- Xonalari ustma-ust solingan bino-larning bir balandlikdagi xonalardan iborat qismi, qatori.
- Ustma-ust joylashgan tokcha, polka va shu kabilarning har bir pogʻonasi. Munisxon ja-voshgardan birini ochib, uning yuqorigi qa-vatidan bir toʻp surat oldi. A. Qahhor, Sarob.
- Yon, qator, saf. Otamiz bizni qa-vatlariga olib, dehqonchilik qildilar. N. Safarov, Olovli izlar.
- Ip va shu kabilarga tizilgan narsalarning har bir tizimi; shoda.
- Marta, karra.
- Sidra.
Примеры
- Udoʻppini taxlab, koʻrpaning qavatiga qoʻydi. yat Qa-vat-qavat marmarni koʻrganmisan? Goʻshti oʻshanday bir qavat yogʻ, bir qavat goʻsht boʻ-ladi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Sakkiz qavat koʻrpada oyogʻini uzatib yotgan keksalarning bel bogʻlab, dalaga chiqishi boshqalarga oʻr-nak. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Axir u [Mayna] ignaning teshigidan yetti qavat osmonni koʻradigan mergan. Elu yurt orasida uning taʼrifi zoʻr. — Sh. Toshmatov — Erk qushi.
- Binoning beshinchi qavati. Ostki qavatda yashamoq. yat Ba-shirjon qavat navbatchiyeidan kalitni olib, oʻz nomeriga kirdi. — N. Aminov — Qahqaha.
- Mana, yigitlardan soʻra, dashtda dengiz yaratayotganlar shular. Oʻgʻling ham shular qavatida. — H. Nazir — Suv gadosi — oqpadar..
- Oʻn uchga kirgan akam Solijon onam qavatlariga kirib qoldi. — Gazetadan.
- Marjon shodasining uch-toʻrt qavati uzilib ketgan, oʻsha uzuq shodalardan marvarid donalari xuddi koʻz yoshiday yerga tomib turardi. — K. Yashin — Hamza.
- [Xolisxon:\ Hammasi esimdan chiqib, ming qavat tagʻin gʻayratlandim. — Hamza — Paranji sirlari.
- Shohim bir-ikki qavat eski koʻylak-ishtondan boshqa narsasi boʻlmagan boʻqchani ustiga kerosin toʻkib yondirmoqda edi. — S. Ayniy — Qullar.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0