Толковый словарь
qaynamoq
қайнамоқ
Значения
- Kuchli issiqsan koʻpi-rib, bugʻlanib vaqirlab turmoq.
- Qaynagan holatni bildiruvchi tovush chiqarmoq (ichida suv, suyuqlik boʻlgan idish haqida).
- Xuddi qaynagan koʻrinishli ho-latda boʻlmoq; otilib chiqmoq (buloq, daryo kabilar haqida).
- Pishmoq, pishib yeyishli holga kel-moq.
- Achimoq, bijgʻimoq, achib-bij-gʻib bijirlamoq; shu tariqa yetilmoq.
- Kuchli xatti-harakatli, qoʻzgʻal-gan, toʻlqinlangan holatda boʻlmoq (koʻpchi-lik odamlar haqida).
- Kuchli, qizgʻin tus olmoq.
- Jahli, asabi kuchli qoʻzgʻalmoq.
- Ayrim soʻzlar bilan birikib, shu soʻzlar anglatgan narsaning kuchli, or-tiq darajada boʻlishini bildiradi.
- Nihoyatda isimoq; "yonmoq".
- Koʻp miqsorda tiqilib ketmoq.
- Ichi qaynamoq Diqqati oshmoq, asabi qoʻzgʻamoq.
- ) qoni joʻsh urmoq. Tomirlarda qoni qay-nab, koʻzlaridan oʻt chaqnardi, mushak goʻsht-lari poʻlatday qotib ketgan edi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli; 2) qattiq jaxdi chiqmoq, tutaqmoq. Samandarovning qoni qay-nab ketdi: -Munday gapirsangiz-chi. Zabon bormi!? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
Примеры
- Yuz gradus issiqlikda suv qaynaydi. Qozonda shoʻrva qaynamoqda. yat Baqirlab qaynayotgan do-rini birov qoshiq bilan igopirib turdi. — A. Qahhor — Koʻr koʻzning ochilishi.
- Samovar qaynadi. Tikil-gan qozon qaynamas. — Maqol. ■■
- Pechka ustida uchta kotelok [qozoncha] bugʻ burqtirib, sha-qirlab qaynardi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Ammo daryo qaynar, koʻpirar — Toʻnka ostin yalab oʻpirar. — "Mushtum".
- Qadimiy chinor tagida choyxona, uning hov-lisida billurdek tiniq chashmalar qaynab yotadi. — Gazetadan.
- Qaynab toshsin neft buloqlari. — Yo. Mirzo.
- ..ularning hozirgi hol-larini sezib yotgan Kumushning-da qaynab chiqqan koʻz yoshlari ikki chekkasidan yostiq-qa oqib tusha boshladi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Ikki qoʻchqorning boshi bir qozonda qaynamas. — Maqol. m
- Dekchada sabzi-piyoz ham miriqib qaynadi. — H. Gʻulom — Mashʼal. [
- Pul-dorlarning] Qorinlari toʻq. Bola-chaqalari rohatda, uylarida qazi-qarta qaynaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Boch-kaga bosilgan uzum qaynay boshladi. a
- Kup kishilarning uylarida musallas bilan boʻza-lar xumlab qaynab yotsa, ikkinchi tomonda rasmiy suratda ichkilik sotish bilan ti-riklik qsh!uvchilar ham yoʻq emas edilar. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Sultonmurod qaynagan olomon ichida turtki yeb, bosilib, ezilib, uzoq yurdi. — Oybek — Navoiy.
- Kun sovuq, lekin bozor qaynardi. — Oybek — Ulugʻ yoʻl.
- Dala-larda ish qaynaydi: kimlar paxta teradi, kimlar beda oʻradi, kimlar shudgor qiladi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Usta Hazrat-qulning qurilish maydonchasida ham mehnat qaynaydi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Telefon dastasini qoʻpol harakat bilan, peshonasidan ter chiqquncha aylantiradi-da, javob ololmay qaynab ketadi. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Ichida qaynagan hislar bulogʻi qoʻliga qalam oldir-di. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Men uncha-munchaga beparvo qizlardan, deb yursam, ichida shunaqa fikrlar qaynab yotgan ekan. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Japaqning miyasida savollar qaynab toshdi. — A. Muxtor — Qoraqalpoq qis-sasi.
- Rostini aytsam, shu zamonda gap-soʻz qaynab ketgan, lekin birovining ham maʼno-si yoʻq. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Kun qaynab ketgan. Toʻrt tomonni yondirib yotgan saraton olovining tafti chayla ichka-risiga dam-badam uriladi. — "Yoshlik".
- Buloqda baliq qaynab yotibdi. v
- Bu kori-dorda tanaffus vaqtida odam qaynaydi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- Hovliga chiqqanda, katta hovli xotinlar bilan qaynar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qarshiboy ota.. salomatligini yoʻqotgan oshnasiga ozor berishni istamasa ham, ichi qaynab ketdi. — H. Nazir — Suv gado-si — oqpadar..
- Uning ishiga razm solarkan, ichi qaynab ketguday boʻlardi-da, jahli chiqib: -Yo haydab yuboraman, yo chaqqon ishlash-ni oʻrgatib qoʻyaman, — derdi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli. Shoʻri qaynadi ayn. shoʻri quridi q. shoʻr.
- -Yana kambagʻallarning shoʻri qaynaydi deng.. — dedi Yoʻlchi gʻazablanib. Oybek, Tanlangan asarlar. Qoni qaynamoq
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0