Толковый словарь
qaysi
қайси
Значения
- soʻr. olm. 1 Bir necha kishi yoki narsadan bittasini anikdash uchun beri-ladigan soʻroqni ifodalaydi.
- Kishi yoki narsa belgisi, xususiyati, sifati haqidagi soʻroqni ifodalaydi: qanday, qanaqa.
- Bogʻlovchi soʻz (nisbiy soʻz) vazifasida qoʻllanadi.
- Qaysi bir gum. olm. Kimligi, qanday, qayerda yoki qachonligi nomaʼlum; allaqay-si, allaqanday, allaqayerda(gi).
Примеры
- Otabek gan-gib, shoshib soʻradi: -Qaysi qiziga unashib keldingiz? -Qutidorning yolgʻiz qiziga! — dedi Hasanali. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Qaymoqni bir yalab, qaysi shaharning qay-mogʻi ekanini ayta olasizmi? Men darrov aytaman. — A. Qahhor — Ikki yorti — bir butun.
- Ikkinchi ehtimol: Tulnorni olib qochganlar. Jinoyatchi chirkin qoʻllar bor! Ular kim? Qaysi maqsad bilan bu jinoyatni bajaradilar? Buni bilmaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Sen qaysi yoʻldan boshlasang, shu yoʻldan yuraman.
- Qaysi bir kuni. Qaysi bir shaharda. n
- Qaysi bir ko-vakda chumchuq bolalari chirqillaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- ..besh-olti yil burun qaysi bir idoraning izvoshini minar ekan.. — A. Qahhor — Qanotsiz chittak. Qaysi kuni Bun-dan bir necha kun avval; tunov kuni.
- Qaysi kuni Xudoyqulning yangi koʻylak-ishtonda quvonchi ichiga sigʻmay yurganini koʻrib, koʻz-larimdan yosh chiqdi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Qaysi kuni otasi, "Ikkinchi terimga tusha-miz", degandek boʻlib edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0