Толковый словарь
qilmoq
қилмоқ
Значения
- Bajo keltirmoq, bajarmoq, ijro etmoq, amalga oshirmoq.
- Baʼzi otlar bilan birikib, shu ot anglatgan narsani tayyorlash, hozirlash, pishirish maʼnosini bildiradi.
- Biror-bir ishga, lavozimga qoʻymoq, belgilamoq, tayinlamoq, lozim koʻrmoq, tanlab olmoq.
- yord. fl. vazifasida. Soʻz yasash uchun xizmat qiladi - ot, sifat va b. turkumga oid soʻzlardan turli maʼnoli feʼllar yasaydi.
- Bogʻlama vazifasida qoʻllanadi.
Примеры
- Ish qilmoq.
- Qilamiz desak ish koʻp.
- Aytganingizning hammasini qildim.
- Bilganingni qil.
- Qush uyasida koʻrganini qiladi. — Maqol
- Qiz tomon, garchand toʻyni bir yil keyin qilish sharti bilan boʻlsa ham, rozilik beribdi. — Odil Yoqubov — Er boshiga ish tushsa
- Xamir qilmoq.
- Guvala qilmoq.
- Eshik qilmoq.
- Pichoq qilmoq.
- Rom qiladigan usta.
- Oʻtin qilmoq.
- Non qilmoq.
- Shoʻrva qilmoq.
- Vakil qilmoq.
- Direktor qilmoq.
- Boʻlim boshligʻi qilmoq.
- Qanday vazifa berishni oʻzlaringga havola qilamiz, lekin hosilot kengashiga rais qilsalaring, kuymaysizlar. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Biz Homidboyni oʻzimizga kuyov oʻgʻil qilishdan hech bir monelik koʻrmaymiz. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Tomosha qilmoq.
- Taklif qilmoq.
- Rashk qilmoq.
- Eʼlon qilmoq.
- Orzu qilmoq.
- Zoʻrlik qilmoq.
- Dushmanlik qilmoq.
- Obod qilmoq.
- Shod qilmoq.
- Bezovta qilmoq.
- Sarishta qilmoq.
- Oh-voh qilmoq.
- Lip-lip qilmoq.
- Taqir-tuqur qilmoq.
- Oʻgʻrilik qilgani uchun qoʻl kesiladir va yo dorga osiladir. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Yana bir marta opalik qilsangiz, deb maslahatga kelgan edim. — Bahrom Rahmonov — Yurak sirlari
- Boʻtaboyga, kolxoz mustahkam boʻladi, degan gapning oʻzi kifoya qildi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor, chiroqlari
- Yoʻgʻon kishi, xuddi gʻozga oʻxshab, "gʻat-gʻat-gʻat" qilib kuldi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Oʻqituvchilik qilmoq.
- Oʻgʻlini muhandis qilmoq.
- Sidiqjon hali buzilmagan toʻqayning narigi tomonida aravakashlik qilar edi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Mansur ham oʻrtoqlari bilan shu maydonda futbol oʻynar.. qora kepkasini qoshigacha bostirib, darvozabonlik qilar edi. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0