Толковый словарь
qistirmoq
қистирмоқ
Значения
- Qismoq fl. ort. n.
- Qoʻliga tutqazmoq, ushlatib qoʻy-moq, bermoq.
- etn. Toʻy-hashamlarda oʻyinchi, hofiz va shu kabilarni ragʻbatlantirish uchun chakkasiga yoki qoʻliga pul suqib qoʻymoq.
- Biror narsaning bayoni, hikoyasi davomida nimanidir qoʻshib ketmoq, tilga olmoq. Ekish mavsumi davomida yettita haydov traktorining biror kun ham iis-lamaganini dokladingning oʻrtarogʻiga qis-tiriboʻtarsan. "Mushtum".
- Gap (yoki soʻz) qistirmoq Gap qoʻshmoq, luqma tashlamoq.
- s.t. dagʻl. Ish, oʻqish va shu kabilarga kirgi-zib qoʻymoq, joylamoq.
Примеры
- Qoʻltigʻiga kitob qistirmoq. Labiga papiros qistirmoq. Etagini lippasiga qis-tirmoq. Chakkasiga gul qistirmoq. n
- Te-shaboy ota belbogʻiga qistirgan kattagina dastroʻmolni olib, terlagan yuz-betlarini artdi. — Shuhrat — Jannat qidirganlar.
- Oʻgʻlim, ana u behining kallagiga gazeta qistirib qoʻygan edim, shuni olib kel. — A. Qahhor — Asror bobo.
- Domla orqaga oʻtib.. Saidiy-ning qoʻliga qogʻoz qistirdi. — A. Qahhor — Sarob.
- -Ioʻq, togʻajon, olasiz, — dedi Bashir-jon pulni uning kaftiga qistirishga uri-nib. — N. Aminov — Suvarak.
- Oʻyinchiga koʻplar pul qistirdi. n
- -Shuncha pul qistirishsa ham xafasan-a? -Pul almashtirilgandan keyin, tangani qanday qistirisharkin, deb oʻylab qoldim. — "Mushtum".
- Toʻlanboy moʻylov.. ikki gapning biriga yo bayt, yo boʻlmasa ib-ratli bir hikoyat qistirib oʻtmasa, koʻngli joyiga tushmaydi. — S. Ahmad — Ufq.
- [Zokir ota:] Kamchiliklarni tanqid qilganimda, maktab masalasini ham qistirib oʻtsam boʻlar edi, lekin bu masala alohida qoʻyil-ganligi uchun qistirmadim. A. — Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- -Oʻz-oʻzini maqtashlik.. — pisanda aralash gap qistirdi Izzat Mar-donovich.. — J. Abdullaxonov — Xonadon. -Xur-sand! —
- deb soʻz qistirib qoʻydi Musa. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- [Zargarov:] Iye, ta-gʻin nima qildim deydi-ya! Xotining oʻqiyman desa, bitta-yarimta maktabga qistirib qoʻymaysanmi-yu, yana bitta tuqqanidan keyin oʻzi tashlab ketmaydimi? A. — Qahhor — Ogʻriq tishlar.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0