Толковый словарь
qiymoq
қиймоқ
Значения
- Qaychi bilan boʻlmoq, qism-larga ajratmoq, kesmoq, qirqmoq.
- Zich, tarang tortilish, bogʻlanish va sh.k. tufayli tana yoki aʼzo ichiga botib jarohatlamoq; oʻyib kirmoq(ip, sim va shu kabilar haqida).
- Tandan judo qilmoq, olmoq, kes-moq, chopmoq, uzib tashlamoq.
- Aylanma yoʻlni qoʻyib, tikkasiga yurmoq.
- koʻchma s.t. Ustalik bilan bajarmoq, mohirlik bilan ado qilmoq, qoyil qil-moq, oʻrinlatmoq, doʻndirmoq, boplamoq.
- koʻchma kam qoʻll. Kamaytirmoq, qisman nobud qilmoq, yoʻq qilmoq.
- Koʻzi qiymaydi (t.k., j.k. bshgan) 1) aj-ralishga, tashlab, qoldirib ketishga koʻng-li, roziligi boʻlmaydi.
Примеры
- Baxmal-ni qiymoq. Qogʻozni qiymoq. Tunukani qiy-moq. n
- Qaychi olib, uch, enidan qiyasan.. — O. Qoʻchqorbekov.
- Qoʻlimni sim qiyib yubordi. n
- Paqirlar qoʻlimni qiyib yuboray dedi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Qarchigʻayman, dushman boshin qiyaman. — "Alpomish".
- Burilishlarda yoʻlni qiyib oʻtmoq. shl Necha togʻning tumshugʻin Qiyib oʻtib boradi. — "Ravshan".
- IMashrabjon] Xushovoz yigit-a. Ashulani rosa qiyadi-da. — Sh. Saʼdulla — Ikki bilag-uzuk.
- Rosa ovozi bor ekan-da, yoʻlini ham qiyar ekan. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Obbo Joʻravoy-ye, ammo-lekin gapni qiyasiz. Yolgʻon-ni ham rostday qilib gapirasiz. — Uygʻun — Hurriyat.
- Birovning riz-qini qiymoq. shsh Saidiy bunga ishonmasa ham, Munisxonning shu harakati uning um-ridan katta qiydi. — A. Qahhor — Sarob.
- Sizni koʻzim qiy-maydi, sizdan uzoqlashgim kelmaydi, Gul-nor! — Oybek — Tanlangan asarlar; 2) birovga berishga, voz kechishga, bahridan oʻtishga koʻngli, roziligi boʻlmaydi.
- Yakkaxoʻjalik-larning koʻpi bisotida bor jonivorlardan koʻzi qiyganini soʻyib, koʻzi qiymaganini shaharga hayday boshladi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari; 3) achindi, yuragi achish-di, rahmi keldi, ayadi.
- Bechora Nodira ogʻir holda Anvarni kishiga shogird berib, oʻqishi-ni zoye qilishga koʻzi qiymadi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon. Soʻzini qiymoq Soʻzini yerda qoldirmoq, qaytarmoq.
- Menga ish buyuring. Kamol akaning soʻzini qiymay, bir soatga vaqt topib keldim. — A. Ubaydullayev — Hayot oqimi. Qiymadi Ragʻbati boʻlmadi, ayadi.
- Shirvonning barcha kattalari, podshoga yaqin-lari — barisi Ravshanbekni dorga osmoqqa qiymadilar. — "Ravshan".
- Ketar edim sen bilan Aylanayin, yor-yor. Uyda qolgan onamni Qiyolmadim, yor-yor. — "Qoʻshiqlar".
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0