Толковый словарь
qiyoq
қиёқ
Значения
- Ingichka, uzun-uzun keskir bargli koʻp yillik oʻt.
- Baʼzi oʻt-oʻsimliklarning qiyoq bargiga oʻxshash, keskir bargi.
Примеры
- Keksa podachi botqoqqa ham, yuziga urilgan keskir qiyoq barglariga ham eʼtibor qilmay, olgʻa intilar edi. — Asqad Muxtor — Qoraqalpoq qissasi
- Koʻkorol paxtazori gʻumay, qiyoq, pechak kabi oʻtlardan tozalanib boʻlayozdi. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar
- Maysalar qiyoq choʻzib qoldi.
- Qamishning qiyogʻi qoʻlni kesib ketdi.
- Oʻq tovushi tinganda, savagʻichning qurigan qiyoqlari toʻzgʻib ketganini koʻrdi. — Said Ahmad — Ufq
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0