Толковый словарь
qizarmoq
қизармоқ
Значения
- Qizil yoki shunga yaqin tus olmoq, qizil tusga kirmoq.
- Nojoʻya, nomaqbul xatti-harakati, qilmishi, aybi, kamchiligi va sh.k. uchun kimsa odsida xijolat tortmoq, izza holatga tushmoq.
Примеры
- Osmon qizardi.
- Qulupnay qizara boshladi.
- Beti sovuqdan qizarib ketdi.
- Non qizarib pishdi.
- Juda chiroyli bizning bogʻchamiz, Qizarib qoldi gilos, olchamiz. — Qudrat Hikmat
- Sharq ufqi qon purkalgandek qizardi. — Sunnatilla Anorboyev — Oqsoy
- Modomiki mendan gunoh sodir boʻlmadi, tekshirsalar, haqiqat oldida oʻzlari qizarib qoladilar, shunday emasmi? — Oybek — Nur qidirib
- Tekin tomoq bizlarga yot; Mehnat bilan shirin hayot. Yo el bilan boʻlmoq kerak, Yo qizarib oʻlmoq kerak. — Sulton Akbariy
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0