Толковый словарь
qiziq
қизиқ
Значения
- I 1 Kishini hayron qoldira-digan, ajablantiradigan. Tabiat juda qi-ziq, oʻz saxovatini zaminning barcha yeriga birdek inʼom etaveradi. Gazetadan.
- Qiziqish uygʻotadigan, diqqatni tor-tadigan; qiziqarli.
- Zavq, kulgi qoʻzgʻatadigan.
- Koʻngil ochadigan, maroqli, qiziqar-li.
- oʻayriodsiy, ajablantirarli, gʻalati.
- Taajjub, hayronlikni bildiradi.
- Qiziq, kechagina dengiz edi tinch, Qaʼriga olmoqda bugun zilzila. G. Joʻrayeva, Iqbol.
- ayn. qiziqchi.
Примеры
- Xayol.. qiziq narsa, u oʻzining tutqich bermas qa-notlarida baʼzan kishini uzoq-uzoqlarga olibuchadi. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
- Qiziq hikoya. Qiziq er-tak. Qiziq tomosha, m
- Bunda holdan toy-guncha ishlashib, uchastkaning umumiy geologik sxemasini tuzishdi, baʼzi bir qiziq joylarning suratini olishdi. — S. Karomatov — Oltin qum. Yetti-sakkiz yoshdagi bolalar uchun chillak oʻyinidan qizigʻi bormi? R. Fay-ziy, Sen yetim emassan.
- Ular bir-biriga gap bermay, allaqanday voqeani ga-pirishib kelishyapti. Juda qiziq joyiga kelishgan boʻlsa kerak, hammalari birdan xaxolab kulib yuborishdi. — S. Anorboyev — Oq-soy.
- Bazm juda qiziq, juda koʻngilli edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- [Salimboyvachcha] Oʻtirish qiziq, juda xushchaqchaq, bazm juda qiyqiriqli boʻlishini bilib.. saman yoʻr-gʻani egarlatib qoʻygan edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Uni bekordan-bekorga qamab qoʻyishi qiziq- — ku/ Mirmuhsin — Meʼmor.
- Oʻzimam qiziqman-da.. Illy yomgʻirdan qoʻrqib, maktabdan qolib oʻtirsam. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Buoʻgʻrilar qiziq: "Oyda, yilda bir kelgan mehmonidan ayrilmasin", deb ashula aytadi.. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Qiziq, birdan oyim, boyagi gaplar esiga tushdimi, qovogʻini solib oldi. — H. Nazir — Yonar daryo.
- -Qiziq, nima qilib yuribdi yarim kechada?Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloqsol.
- Yusuf(jon) qiziq. Oxun qiziq. m
- Ulugʻbek oʻtkazgan katta bir toʻy-da qiziqlar, cholgʻuchilar, askiyachilardan tashqari, bir ayol ashula aytib.. hammani mastu shaydo qilgan ekan. — K. Yashin — Hamza. Birdan xon va raiyat kulib yubordilar, bu kishi Xudoyorning eng yaxshi qizigʻi Zokir gov edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0