Толковый словарь
qochirmoq
қочирмоқ
Значения
- Qochmoq I fl. ort. n.
- Chetga tortmoq, uzoqlashtirmoq; ora-sini ochiq-ochiq qilib qoʻymoq.
- Yoʻqotmoq, qoʻldan chiqarmoq, boy ber-moq, oʻtkazib yubormoq.
- Orasini buzib, bir-biridan ayirmoq, judo qilmoq.
- Koʻngliga, didiga yoqmay yoki boshqa biror sabab bilan oʻzidan uzoqlashtirmoq.
- Yashirin olib ketmoq, oʻgʻirlamoq.
- Gap qochirmoq Hazil-mutoyiba, kinoya yoki shama qilib gapirmoq.
Примеры
- Yerning zaxini qochirmoq. Kayfini qochirmoq. Mazasini qochirmoq. Koʻzdan qochirmoq. m Hokim uchta mahbusni shahar turmasiga joʻnatganda, oʻshalarni Qudrat akam qochi-rib yubordi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
- Pazandalikda seni bir choʻqishda qochiradi-ku!\. — Nazir — Oltin qadah.
- [Otabek] Sodiqdan koʻkragini qochirib, xanjarli qoʻ-lini boʻshatdi.. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Hayot esa xuddi yiqilib ketishdan qoʻrq-qandek, bir qoʻli bilan tanchani ushlab, yuzini yigitdan xiyol qochirib turardi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Boboqul ota.. uchta chillakni tanladi-yu, oʻrik tupining uch yogʻi-ga oralarini sal-sal qochirib suqdi. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar.
- Oqizmagin koʻzdan qonli yoshimni, Qochiribman aqlim bilan hushimni. — "Goʻroʻgʻli".
- Mansur bugapni bekorga aytmadi. Zuhra chindan meni tanigan. Fur-satni qochirmasdan chorasini koʻrish kerak. — 3. Said — N. Safarov, Tarix tilga kirdi.
- Nega shunday qilding, onajon, nega Adolatni mendan qochirding? — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Hozir uning koʻziga juvon biron sovuqligi bilan erkakni oʻzidan qochiradigan qari qiz emas, koʻp yigitlarni oʻziga shaydo qilgan.. bir nozanin boʻlib koʻrindi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Yi-girmalab har yurtdan qiz qochirdim. — Qamza — Paranji sirlari.
- Uyimga qiz qochirib ke-lishga kimning haddi bor? — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Afandi libos-larni koʻtarib, terlab borar ekan, podsho gap qochirdi. — "Latifalar". Koʻzdan qochirmoq q. koʻz 2.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0