Толковый словарь
qoplamoq
қопламоқ
Значения
- Ustini yoki hamma yogʻi-ni qamramoq, burkamoq, bosmoq. Koʻk yuzi-ni bulut kopladi. Xonani tutun kopladi. Butun byurliqni korongʻilik kopladi.
- Sathini, yuzasini, betini egallamoq; band qilmoq. Suv betini muz kopladi. Qir-larni yam-yashil maysalar kopladi. Dalalar-ni qor kopladi. n Ustini qovjirok oʻt-lar, sargʻish qamishlar koplagan koʻhna kobr-lararo kezdi. S. Siyoyev, Avaz.
- Qamrab, egallab olmoq (mavhum narsalar haqida). Uning boshini turli fikr-lar, rejalar kopladi. Oybek, Navoiy.
- Biror narsa sirtini, betini, ustini boshqa narsa bilan oʻramoq, sirtiga, beti-ga, ustiga boshqa narsa sirmoq, yopishtir-moq, toʻshamoq, yotqizmoq.
- Koʻrpa qoplamoq 1) koʻrpa tikmoq, koʻrpa tayyorlamoq. Toʻy uchun yangi koʻrpalar qop-lamoqchi boʻladilar, partoʻshaklar olmoqchi boʻladilar. A. Qodiriy, Utgan kunlar; 2) koʻr-paning avra-astari orasiga paxta solmoq. Unsin xola qizining uch yangi koʻrpasini qop-lab, qaviqdan chiqardi. A. Hayitmetov, Unsin xola.
- Toʻsmoq, berkitmoq; egallamoq.
- O. Yoqubov, Muqaddas.
- Talab, ehtiyojga yetarli boʻlmoq.
- Yoʻqotilgan yoki yetishmaydigan narsa oʻrniga oʻrin boʻlmoq, oʻrnini toʻl-dirmoq, bosmoq.
- Yuziga (yoki betiga) charm qoplamoq q. charm.
Примеры
- Mu-rodning kolbini xijolat aralash sevinch qopladi. — T. Ashurov — Oq ot.
- Eʼzozxonning koʻng-lini allakanday shubhalar, sovuk vahimalar qoplab, oʻzini behol sezdi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Qiz butun vujudini toʻsatdan qoplagan ogʻ-riq bilan onasini xotirlaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Devorga marmar plitalar qopladik. Divanga duxoba qopla-moq. Yoʻlni asfalt bilan qoplamoq.
- Qoʻli bilan ogʻzi-burnini qoplamoq. n
- Safarov supadagi kigizni tortib, alanganing ustini qopladi-da, yugurib, tashqariga chiqdi. — A. Qahhor — Koʻr koʻzning ochilishi.
- Eshik ochi-lib, barzangiday yigit chiqdi, gavdasi bilan eshikni qopladi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Moʻysafid domla butun devorni qoplagan katta doskaga temalarni yozishga kirishdi.
- Ular-ning topgan pullari roʻzgʻor ehtiyojini zoʻr-gʻa qoplardi. — S. Abdulla — Mavlono Muqi-miy.
- Yashinning daromadi ehtiyojimizni qoplamasdi. — H. Nosirova — Men oʻzbek qizi-man.
- Zararni qoplamoq. Qarzni qoplamoq. n
- Dehqonning ming mashaqqat bilan ekib olgan hosili xarajatni qoplay olmasdi. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Shuning uchun butun chiqimini qoplaydigan davlat toʻplamasa boʻlmaydi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0