Толковый словарь
qoq
қоқ
Значения
- Juda ham quruq, qurigan, sira ham nami qolmagan.
- Juda oriq, etsiz, terisi suyagiga yopishgan.
- Qoq suyak 1) goʻshti yoʻq, faqat suyakning oʻzi; 2) juda oriq, eti suyagiga yopishgan.
- Hech narsasi yoʻq; quruq. /
- Naq oʻrtasidan; teng.
- Quritib olingan; quritilgan (baʼ-zi meva, poliz mahsulotlari haqida).
Примеры
- Qoq non. Qoq quruqoʻtin. n
- Amma.. qoq goʻsht olib tushib, oʻchoqqa oʻt yoqdi. — S. Anorboyev — Mehr.
- Qoq choʻkirtak-larning kerosin sepganday chitir-chitir etib yonishi qiziq tuyuldi. — H. Nazir — Soʻnmas chaq-moqlar.
- Oʻrtadagi devorni buzib, qoq kesagi-ni toklarning tagiga solishibdi. — S. Ahmad — Tuynuk.
- Elgeldi uning qora tayoqni mahkam changallagan qoq qoʻllariga tikilib, orqaga tisarilmoqchi edi. — A. Muxtor — Qoraqalpoq qissasi.
- Uning yonida oʻrta boʻyli, qoq gavda-li — oriq, tusi qoramtil.. ikkinchi odam bor edi. — S. Ayniy — Esdaliklar.
- Qoq suyak qoʻllar. shsh Ajabo, 56 sentner kartosh-kani yegan sigirlar ham shunaqa qoq suyak boʻladimi? — "Mushtum".
- Yoʻlchi:] Men chiqqanimda, uy qoq edi: na bir siqim un, na bir qoshiq moy. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Choʻntagi qoq boʻlgan Abdulla aka oʻzicha, "eh diyonatsiz, aqalli tiyinini ham qoldirmabdi-ya", deb uni eshikkacha kuzatib qoʻydi. — S. Iskandarov — Tovlamachi.
- Agar muruvvat qilsanglar, jilla boʻlmasa, bu yilcha meva-larni qoq boʻlasizlar-da. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Oʻzi topgan "kapsan" va "choʻtal"-larning qoq yarmini boshliqlarga beradi. — "Mushtum".
- Sut-li goʻja ichib, qoq oʻrik bilan jiyda-piyda yeb, qishni chiqardik. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0