Толковый словарь
qurb
қурб
Значения
- . Yaqinlik, yaqin bo‘lish; Allohga yaqinlik ma’nosini ifodalaydi;
- . Jismoniy, moddiy, maʼnaviy imkoniyat; kuch, quvvat.
- Qurbi yetadi (yoki keladi) Kuch-quvvati yetadi; jismoniy, moddiy, maʼnaviy imkoniyati bor (yetadi).
Примеры
- Har kishini Haq taolo o‘z qurbi bisotida o‘lturtqay, har ne anga yetsa, ani rozi va xushnud qilg‘ay, nechunki, qurb bisotida norizoliq va noxushnudluq bo‘lmagay. — A. Navoiy — Nasoyim ul-muhabbat.
- Ey xudo, uchib yurgan parrandacha qurb, manzilat bermas ekansan, nima uchun xotin-qizlarni yaratding? — Hamza — Paranji sirlari.
- Faqirda qurb boʻlsa-yu, qani endi, sendan qochib qutulsa! — Oʻ. Hotamov — Qon va sut.
- ..hamisha pisand qilmay ochib-yopadigan bu eshik tutqichini ushlashga endi qurbi yetmayotganini sezdi. — A. Koʻchimov — Halqa.
- Yosh edim, dadam rahmatlining bundan yaxshiroq sigir sotib olishga qurbi yetmasligini qayoqdan bilay? — S. Anorboyev — Hamsuhbatlar.
Этимология
arab. – qarindoshlik; yaqinlik; qoʻshni(chi)lik
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0