Толковый словарь
qurmoq
қурмоқ
Значения
- Qurilma, qurilish insho-oti bunyod etmoq, yasamoq.
- In (yoki uya) qurmoq 1) oʻziga yashash joyi, makon yasamoq, tayyorlamoq (yovvoyi hayvon, parranda, hasharotlar haqida); 2) makon tutmoq, joylashmoq, toʻplanmoq (oʻgʻri, bos-qinchi, gʻalamis va shu kabilar haqida).
- Oʻrnatmoq.
- Tashkil etmoq, barpo qilmoq, tuzmoq.
- Tashkillashtirmoq. Shirin suhbat qu-rib qaymoqlashaylik.. Habibiy.
- Turmush (yoki oila) qurmoq Uylanib, turmushga chikib, oʻzaro oila tuzmoq.
Примеры
- Uy qurmoq. Qasr qurmoq. Shiypon qurmoq. Toʻgʻon qurmoq. Kanal qurmoq. Saroy qurib, shahar buzma. — Ma-qol. ■■
- Yoru doʻstlar bilan hasharlashib, binoyiday maskan qurib oldim. — M. M. Doʻst, Lolazor.
- Uning ha-romnamaklari hali koʻp mahkamalarda in qurganlar. — Oybek — Navoiy.
- Tandir qurmoq. Uyga eshik qurmoq. n
- Sattorqul akang uyini yangi turmush qildi; oqlatdi, darchaning oʻrniga deraza qurdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chirok-lari.
- Bir yerdan oʻchoq qilib, oshpalov qilmoq-chi boʻlib, qozonni qurdi. — "Nurali".
- Yangi davlat qurmoq. Yangi jamiyat qurmoq.
- Har qalay, Joʻravoy bilan gurung qurib, tong ottiray dedi-ku. — S. Ahmad — Yulduz.
- Zeriksangiz, sho-hona ziyofatlar quring, bazmlar yasang, ix-tiyor sizda. — Oybek — Ulugʻ yoʻl.
- Badiuzzamon beklarini, ishbilarmon yigitlarini yigʻib, jangga hozirlanish toʻgʻrisida kengash qurdi. — Oybek — Navoiy.
- Sevi-shib, oʻldim-toldim deb turmush qurganlar-ni koʻryapmiz, kunora uyida janjal.. — T. Ashurov — Ok ot.
- Oyim bilan dadam sinfdosh boʻlganlar. Sevishib oila qurganlarini es-lashadi. — "Yoshlik".
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0