Толковый словарь
quymoq
қуймоқ
Значения
- Maʼlum maqsadda (maye., yuvinish va sh.k. uchun) yoʻnaltirmoq, oqizmoq (suv ha-qida).
- Tagiga suv quymoq Yoʻqotishga qaratil-gan ish qilmoq; yoʻqotmoq.
- Qattiq, shidsat bilan yogʻmoq (yomgʻir, sel, jala haqida).
- Juda koʻp miqsorda, moʻl-koʻl oqizmoq, toʻkmoq. -Nimaga yigʻlamay, koshki koʻzim oqib tushsa, hech nimani koʻrmasam.. —
- Yogʻdirmoq, toʻkmoq, sochmoq.
- Tayyor qolipga erigan, suyuq, yumshoq narsa solib, buyum tayyorlamoq.
- Quyib qoʻygandek 1) juda kelishgan, xush-bichim.
Примеры
- Qurbon ota ikkinchi samovarga xumdan suv olib quy-moqda edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Ekinlarga suv quymoq. Qoʻlga suv quy-moq. n
- Gulnor bir obdastaga suv toʻldirib, dadasiga tutdi. -Quy oʻzing, — dedi Yormat, ham ayvonning labiga oʻtirib, etik yuvishga boshladi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Joʻrayevning bu ishi haromxoʻrlarga yoqmagan boʻlsa kerak, uning tagiga suv quyish uchun tirnogʻi orasi-dan kir qidira boshladilar. — "Mushtum".
- Erta kuz jalasi togʻlik joylarga xos hafsala bilan quyar, yomgʻir suvi temir yoʻlning ikki tomonidan daryo boʻlib oqar edi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Bu vilo-yatning samosi gʻalvirday suv tutmas boʻl-ganidan, yomgʻir yoz boʻyi rosa quydi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- koʻz yoshlari-ni quyib soʻzladi Gulsunbibi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Of-tob osmondan olov quyyapti. — S. Ahmad — Taʼzim.
- Musaffo osmonda toʻlin oy yaltirar, jamo-lidan butun yer yuziga ziyo quygandek. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Sham quy-moq. Qozon quymoq. Gʻisht quymoq. n
- Zavod qaytadan qurilib, uskunalanib, minomyotlar uchun snaryadlar quya boshladik. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Nizomjon Zebixonga tikilib turib, uning qop-qora qoshlariga, quyib qoʻygan-dek kelishimli qomatiga mahliyo boʻlib qol-di. S. — Ahmad — Ufq; 2) oʻziga juda yarashgan, yopishib tushgan.
- Adl qad, xipcha beliga quyib qoʻygandek yopishib turgan gimnastyorkasi biram oʻziga yarashgan. — 3. Fatxullin — Soʻnmas yulduz; 3) naq oʻzi, xudsi oʻzi, sira ajratib boʻlmas darajada oʻxshash.
- Oʻziyam shunday Ra-himaginaning oʻzi-da, quyib qoʻygandek. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Dasturxonni yozib, ustiga nonni qoʻydi-da, piyolaga issiq choy quyib, eriga tutdi. — S. Zunnunova — Gulxan.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0