Толковый словарь
quyosh
қуёш
Значения
- (astronomiyaga oid termin sifatida bosh harf bilan) Quyosh sistemasiga oid markaziy jism - oʻzidagi termoyadroviy reaksiyalar hisobiga yorugʻlik va issiqlik tarqatuvchi (chiqaruvchi) ulkan gazsimon shar shaklidagi yoritqich.
- Shu jismdan taraluvchi nur, issiqlik.
- Nimaningdir hayot, yashash manbai, asosi hisoblanadigan, shunday deb qaraladigan narsa haqida.
- Quyosh (erkaklar ismi).
Примеры
- Yer Quyosh atrofida aylanadi.
- Quyoshning tutilishi.
- Raketalar tufayli biz Quyosh sistemasini oʻzlashtirish imkoniyatiga ega boʻldik. — "Fan va turmush"
- Quyosh vannasi.
- Yoz quyoshida qoraymoq.
- Quyoshga tutmoq.
- Murod quyosh yoyilganda turdi. — To‘xtash Ashurov — Oq ot
- Uy, quyoshga teskari solinganligidan boʻlsa kerak, bir oz qorongʻiroq edi. — Zunnunova — Olov
- Soldatlar qahqahlashib yuborishdi. Ayniqsa, qora qoshli, yuzlari quyoshda pishgan yigit sillasi qurib kulardi. — A. Ubaydullayev — Qonli izdan
- Baxtu iqbolim quyoshi chiqdi, koʻrsatdi jamol, O‘zbekistonda qazildi zoʻr kanal, oqdi zilol. — HabibiyQuyosh batareyasi - yarimoʻtkazgichli fotoelementlarga asoslangan, quyosh radiatsiyasi energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantirib beradigan tok manbai.
- 2005 yil bizga grant asosida YUNESKO tomonidan quyosh batareyasi.. berildi. — Gazetadan
Этимология
Yoqutchadaki куйаас so‘zila o‘zakdosh erur.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0